Eshitdik-da!: Andijon klubi futbolchilar oldida katta qarzdor va jamoaga jiddiy sankciyalar qo'llanishi mumkin

Alisher
17 may 2023, 08:33
Andijon jamoasining ko'plab mahalliy futbolchilari saytimizga klub oylik maoshlar va mukofot pullarini to'lamayotgani haqida xabar berishdi.

Futbolchilarga ko'ra, klub o'z majburiyatlarini bajarmayapti va jamoa nafaqat oylik maoshlarni to'lashni kechiktirmoqda, balki mukofot pullari va xattoki kundalik mashg'ulotlar kuni paytida taomnomalarda ham muammolar paydo bo'lgan. Hozirga qadar Andijon klubi faqatgina Olimpik bilan o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba uchun mukoqot pullarini olgan. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchilar klub qarorgohida istiqomat qilayotgan payti o'z hisoblaridan taomlar buyurtma berib kun o'tkazishmoqda.

Andijon muxlislarining telegramdagi kanali esa bir necha kundan buyon aynan mazkur qarzdorlik, jamoada moliyaviy inqiroz yuzaga kelgani va xattoki jamoa kubok doirasidagi Navbahorga qarshi bahsga Namanganga borish uchun ham pul topishda muammolarga kelayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan.

Agarda tez orada Andijon futbol klubi futbolchilar oldidagi shartnoma majburiyatini bajarmasa, unda mahalliy futbolchilar bu borada tegishli joylarga arz qilishmoqchi. Legionerlar esa qoidaga ko'ra 2 oylik maoshni olmagan taqdirda FIFAga yozib, klubning shartnoma shartlaridagi barcha majburiyatlarini amalga oshirib, jamoadan kyetib qolish huquqiga ega. Andijonga esa bu qimmatga tushishi va jamoaga Neftchi va Navbahorda bo'lgani kabi transfer taqiqi qo'yilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia