Azarga Turkiyadan "sovchi" chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
29 mar 2023, 17:29
"Fenerbaxche" "Real" yarim himoyachisi Eden Azarni yozda o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Madridliklar bo'lajak transfer oynasida futbolchini transferga qo'yishga tayyor. Turk klubi qishdayoq belgiyalikning transferini maqsad qilgan va "Real" bilan kelishuvga ham erishgan, biroq futbolchining o'zi bu taklifga rad javobini bergan. 

Takidlanishicha, "Fenerbaxche" xavbekni yozgi transfer oynasida o'zining asosiy maqsadi qilib belgilagan, deb xabar bermoqda Fotomac.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Fotomac