Messi PSJga qachon qaytishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
21 dek 2022, 09:55
Argentina TJ sardori Lionel Messi Qatardagi mundialda g'olib bo'lib, o'zi uchun eng qadr titulni qo'lga kiritdi.

U terma a'zolari bilan chempionlik paradida qatnashish uchun Buenos-Ayresga keldi. Keyin esa qadrdon shahri Rosarioga yo'l oldi. Qayd etilishicha, PSJ Messiga 10 kunlik dam bergan. 35 yoshli forvard francuz klubiga yanvar o'rtalarida qaytishi kutilmoqda.

Leo joriy mavsum parijliklar libosida 19 bahsda qatnashib, 12+14 natija ko'rsatdi. PSJ mavsumdagi navbatdagi uchrashuvini 28 dekabr kuni Fransiya chempionati doirasida “Stracburg”ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien