33 yoshli italiyalik futbolchi faoliyatini yakunladi

3 okt 2019, 19:45
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio butsalarini mixga ildi.

33 yoshli italiyalik futbolchi 13 yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan. 2009-2017 yillar mobaynida Italiya milliy terma jamoasida ham o'ynagan. Markizio shuningdek, "Empoli" va "Zenit" klublarida to'p tepgan. Klaudio "Yuventus"ga qaytib lavozimlardan birini egallashi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com