Ronaldu jahon rekordini o'rnatdi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2021, 07:14
Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Irlandiyani mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

O'yin davomida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. 

Bu Ronaldu uchun terma jamoa tarkibidagi 110 va 111-gol bo'ldi. Birinchi goli orqali u eronlik Ali Daining terma jamoalarda gol urish bo'yicha rekordini (109 ta gol) yangiladi. 

Hozirda Ronaldu hisobida terma jamoa tarkibidagi 111 ta gol bor. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru