Messi Pelening rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2020, 08:54
“Barselona” La Liga 15-turi doirasida “Valyadolid”ni 3:0 hisobida engdi.

Kataloniyaliklar safida gollardan biriga Leo Messi mualliflik qildi. Bu Messi uchun “Barselona” safidagi 644 gol bo'ldi. Natijada Messi bir klub safida urilgan gollar bo'yicha afsonaviy Pelening rekordini yangiladi. Pele vaqtida “Santos” safida 643 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express