Eron bosh murabbiyi: "Osiyoda bizdan kuchli faqat Yaponiya bor"

Xayrulla Xoliqov
13 noya 2020, 12:50
Kecha o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida Eron terma jamoasi Bosniyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng eronliklar bosh murabbiyi Dragan Skochich yaxshi kayfiyatda quyidagi fikrlarni bildirdi: 

- Bosniya va Gertsegovina bilan o'ynaganimiz yaxshi bo'ldi. Chunki bu Yevropaning yaxshi jamoalari sirasiga kiradi. Ularning tarkibida Miralem Pyanichni juda hurmat qilaman. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Eron yildan yilga kuchayyapti, biz hali yanayam kuchayamiz. Hozircha Osiyodan bizdan kuchli faqat Yaponiya bor. Lekin tez orada ularga yaqinlashib olamiz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif