Yaypaning "Turon" klubi 3 yoshga to'ldi!

Narzulla Saydullayev
15 may 2020, 13:47
2017 yilning 15 may sanasida Yaypanda "Turon" futbol klubiga asos solingan edi.

O'sha yilning o'zida jamoa Farg'ona viloyati 2-liga musobaqasida ishtirokini boshlagan va bugunga kelib A PRO-ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Bugungi kungacha klub erishgan natijalari:

2017 yil Farg'ona viloyati 2-liga musobaqasida 4-o'rin.
2018 yil Farg'ona viloyati "Navro'z kubogi " sohibi.
2018 yil Farg'ona viloyati 2-liga musobaqasi chempioni.
2018 yil Farg'ona viloyati Kubogi vice-chempioni.
2019 yil O'zbekiston professional futbol ligasining B Pro-liga musobaqasi chempioni.
2019 yil Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" vice chempioni.

“Turon” klubi hali ko'p yillar davomida o'z muxlislarini xursand qiladi degan umiddamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia