LaLiga rahbari: "Ronaldu va Neymardan ko'ra Messi chempionatimiz uchun qadrliroq"

Eldor Akmurzayev
27 avg 2019, 20:25
LaLiga prezidenti Xaver Tebas PSJ forvardi Neymarning Ispaniyaga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Neymar – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U chempionatimiz uchun muhim, lekin, uni asosiy o'yinchi deb atash noto'g'ri. Albatta, Neymarning kelishi brendimizni ko'tarishga yordam beradi. Biroq, Neymarni liganing eng kerakli elementi (bo'lagi) bo'ladi deb aytib bo'lmaydi. Krishtianu Ronaldu ham bunday bo'lmagan. Messiga keladigan bo'lsak, u chempionat yuzi va uning tarixiy merosi hisoblanadi, – deydi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca