2022 yilda Superliga g'oyasi baribir amalga oshirilishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 18:51
2022 yilda "Real", "Barselona" va "Yuventus" Superliga g'oyasini yo'lga qo'yish uchun yana bir bor urinib ko'radi.

"Financial Times" xabariga ko'ra, bir necha kunlar oldin ushbu klub vakillari yangi yilda qolib ketgan g'oyani amalga oshirishni muhokama qilgan. Ayni damda faqatgina shu klublar Yevropa Superligasi qatnashchilari ro'yxatidan chiqib ketmagan.

O'tgan yilning 19 aprel kunida Yevropaning 12 top-klubi Superligada qatnashishini ma'lum qilgandi. Ammo bu muxlislar o'rtasida keskin noroziliklar keltirib chiqargani va UEFA tomonidan taxdid ostiga olingani sababli 9 klub Superligadan chiqib ketgan va yakunda faqatgina 3 klub qolgandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu liga orqali ishtirokchilar juda katta summa ishlab olishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Financial Times