2017 yilgi O'zbekiston Superkubogida qaysi jamoalar o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
1 dek 2016, 14:25
Xabaringiz bor, kecha "Lokomotiv" O'zbekiston kubogini qo'lga kiritib oltin dubl qayd etdi.
PFL reglamentining 13.1 bandiga binoan bitta klub ham O'zbekiston chempioni bo'lsa, ham O'zbekiston kubogini qo'lga kiritsa Superkubok bahsida O'zbekiston chempioni va vice-chempioni o'zaro o'ynaydi.

Demak, 2017 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin Toshkentning "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" klublari o'rtasida o'tadi.

Mazkur o'yin qachon va qaysi stadionda bo'lib o'tishi hozircha ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, 2016 yil boshida bo'lib o'tgan Superkubok bahsida Qarshining "Nasaf" klubi "Bunyodkor" stadionida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia