2017 yilgi YCHL, Yevropa ligasi finali va Yevropa Superkubogi qaysi stadionlarda o'tishi ma'lum qilindi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2015, 23:30
Bugun UEFA 2016/17 yilgi mavsum evrokubok final o'yinlari qaysi shaharlarda bo'lib o'tishi e'lon qildi.

Oldinroq e'lon qilinganidek 2017 yilgi Yevropa chempionlar ligasi final uchrashuvi Kardiffdagi 74 500 o'ringa ega Millenium stadionida bo'lib o'tadi.

Yevropa ligasi hal qiluvchi o'yini Stokgolmdagi 50 ming tomoshabinga mo'ljallangan Frends Arene stadionida o'tkaziladi.

Yevropa Superkubogi uchun bahs Skopedagi Filipp II stadionida bo'lib o'tadi. Bu o'yingohga 36 400 tomoshabin sig'adi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com