2013 yil Jamshid Iskanderovga Fransiyadan taklif bo'lganmidi? Futbolchi “Tezkor Studiya”da javob berdi

Narzulla Saydullayev
30 may 2020, 13:52
Hozirda Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva Chunma” jamoasida to'p tepayotgan hamyurtimiz Jamshid Iskanderov “Tezkor Studiya”ning navbatdagi mehmonlaridan biri bo'ldi.

Jonli efir davomida futbolchi muxlislar tomonidan berilgan Fransiya chempionatidan tushgan taklif haqidagi savolga javob berib o'tdi.

“O'shanda musobaqa davomida Urugvay bilan o'yinda kutilmagan jarohat olgandim. Endi bu har bir sportda bo'ladigan holat hisoblanadi. O'sha payt biz faqat shunaqa gaplarni eshitganmiz, xolos. Fransiyadan, Turkiyadan, Rossiyadan takliflar bo'lganligi haqidagi ma'lumotlar qulog'imizga chalingandi. Bir tomondan yosh bo'lganmiz, transferlarga aqlimiz etmagan. Lekin, u takliflar yuz foizligi aniq emas. U paytda men “Paxtakor”da o'ynardim. Barchasini ular hal qilardi. Balki, klub rahbarlarini xabari bo'lgandir. Shaxsan o'zim bilmayman. O'zimga chiqishmagan bu haqda.

2013 yil Turkiyadagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng yorqin turnirlardan biri sanaladi. Fransiya bilan o'yinni tribunada tomosha qilgandim. Raqib safida Pogba, Umtiti, Zuma kabi futbolchilar o'ynashgandi”, - deydi Jamshid Iskanderov.



Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, 2013 yil Ahmadjon Musaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz kichik mundialda nimchorak finalda Yevropa qitasi vakili Gretsiyani mag'lub etgan holda chorak finalgacha yetib kelishgan edi. Yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda esa Fransiyaga 0:4 hisobida engilgandik. Shunday bo'lsada yosh futbolchilarimiz ilk bor o'z yosh toifalarida jahonning eng kuchli 8 terma jamoasi qatoriga kirishgandi. Bundan avvalgi Jahon chempionatlarida (2003, 2009) esa guruh bosqichidayoq o'z ishtirokimizni yakunlashga majbur bo'lganmiz.


Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia