2-liga. "Pulka" uchun kurash qizg'in pallada

Tolibjon Qosimov
7 okt 2015, 13:27
5 oktyabr kuni O'zbekiston birinchiligi ikkinchi liga Toshkent shahar mintaqasi ikkinchi bosqichining 9-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

"Pulka"ga chiqishni vazifa qilib qo'ygan "O'rikzor" jamoasi o'z maydonida "Paxtakor 2"ni qabul qilib 2:2 hisobida durang o'ynadi. O'zbekiston milliy universiteti maydonida o'tkazilgan bahsda mezbonlarning gollariga Omon Rahimov hamda Muhammadazim Nurmatovlar mualliflik qilishdi.
Yana bir uchrashuvda "Bunyodkor A" jamoasi "Paxtakor 1" klubini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.



"O'rikzor" - "Paxtakor 2" 2:2
Gollar: O.Rahimov, M.Nurmatov - ...

"O'rikzor": Mirsodiq Maxamatov, Sherzod Qodirov, Abdurashid Valixonov, Abdulla Mahkamov, Jamshid Islomxo'jaev, Aziz Toxirov, Omon Rahimov, Nuriddin Nasriddinov, Shukur Mo'minov, Bekzod Mirsaidov, Bahrom G'ofurov.
Zahira: Zoir Toshmatov, Shoyqul Rahimov, Aziz Aminjonov, Abdulla Yo'ldoshev, Turg'unpo'lat Turg'unov, Muhamadazim Nurmatov, I.G'aynazarov.

9-tur

"O'rikzor" - "Paxtakor 2" 2:2
"Bunyodkor A" - "Paxtakor 1" 4:1
"Tramvaychi" - "Namuna" (qoldirilgan)


#    

Jamoa                           

U      

G'          

D          

M            

T-N               

O      

1

Bunyodkor-A

7

3

4

0

12-6

13

2

SKIF

6

3

3

0

5-2

12

3

O'rikzor

9

2

5

2

15-16

11

4

Namuna

8

2

4

2

14-13

10

5

Paxtakor-1

7

3

1

3

8-13

10

6

Lokomotiv BFK

9

2

2

5

14-14

8

7

Paxtakor-2

6

2

1

3

12-13

7

8

Tramvaychi

8

1

4

3

9-12

7


FK "O'rikzor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia