14 jamoalik chempionatda "Lokomotiv" 9-turdan so'ng qaysi o'rinlarda bo'lgan?

Xayrulla Xoliqov
29 iyul 2020, 13:34
Ma'lumki, koronavirus pandemiyasi tufayli Superligada 15 avgustga qadar tanaffus yuzaga kelgan.

Shuni hisobga olib "Lokomotiv" faoliyatiga oid bazi raqamlarni berishda davom etamiz. Superligada bu yil hisobidan hozircha 9ta tur o'yinlari o'tkazildi. 9-turdan so'ng " temiryo'lchilar" 4 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan holda 12 ochko bilan 8-o'rinni egallab turishibdi. To'plar nisbati 11-12. 

Xo'sh, avvalgi yillari 14 jamoa qatnashgan milliy chempionatda "Loko" 9-turdan keyin qaysi o'rinlarda bo'lgan? Quyida shu raqamlarni keltirib o'tamiz. Shuni aytish lozim, toshkentlik "temiryo'lchilar" oliy ligada 2004 yildan beri qatnashib kelishyapti. Jamoa faqat 2010 yil birinchi ligaga tushib ketgan va bir yillik tanaffusdan so'ng 2012 yil yana elitaga qaytgan. 

2020 yil

9 o'yin, 4 g'alaba, 0 durang, 5 mag'lubiyat, 12 ochko. To'plar nisbati 11-12. 8-o'rin


2019 yil

9 o'yin, 5 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat, 18 ochko. To'plar nisbati 15-7. 2-o'rin


2014 yil

9 o'yin, 6 g'alaba, 3 durang, 0 mag'lubiyat, 21 ochko. To'plar nisbati 19-6. 2-o'rin


2013 yil

9 o'yin, 7 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat, 22 ochko. To'plar nisbati 23-9. 2-o'rin


2012 yil

9 o'yin, 2 g'alaba, 5 durang, 2 mag'lubiyat, 11 ochko. To'plar nisbati 9-8. 6-o'rin


2010 yil

9 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 5 mag'lubiyat, 8 ochko. To'plar nisbati 5-13. 12-o'rin


2005 yil

9 o'yin, 5 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat, 16 ochko. To'plar nisbati 16-13. 5-o'rin


2004 yil

9 o'yin, 3 g'alaba, 4 durang, 2 mag'lubiyat, 13 ochko. To'plar nisbati 9-5. 5-o'rin

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz