So’nggi yangiliklar

12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  0 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  4 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  1 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  10 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  34 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  1 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  15 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  6 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5

Nunu Eshpiritu Santu: "Karim Benzema o'yinga shay holatda edi, lekin oxirgi mashg'ulotda u o'zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berishga qaror qildik" Yangiliklar

Nunu Eshpiritu Santu: "Karim Benzema o'yinga shay holatda edi, lekin oxirgi mashg'ulotda u o'zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berishga qaror qildik"

“Al Ittihod” - OKMK (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinni ajoyib ruhda boshladik, yaxshi pressing tashkillashtirgan holda raqib darvozasiga birin-ketini ikkita to'p kiritdik. Raqib darvozasi yonida xavfli hujumlar tashkil etdik hamda birinchi bo'limni to'liq o'z nazoratimiz ostida o'tkazdik. 

Ikkinchi bo'limda ko'proq to'pga egalik qilishga etibor qaratdik va o'yin nazoratini qo'lga oldik. Jamoaning jismoniy holati pasayishi normal holat. Endilikda payshanba kuni o'tkaziladigan "Al Fath"ga qarshi bellashuvga qadar tiklanishimiz hamda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ikki bo'limning turlicha o'tishi futbolda normal holat hisoblanadi. Bazida hisobda oldinga chiqib olib, o'yin nazoratini qo'lga olganingizda, bo'shashish yuzaga keladi. Kelgusida bu nuqsonlarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

Kecha matbuot anjumanida ko'rganingizdek, Karim Benzema o'yinga shay holatda edi, lekin oxirgi mashg'ulotda u o'zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berishga qaror qildik. Aslida, uning jarohati jiddiy emas", dedi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика