So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  2 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Farhod Nishonov: "O'yindan ko'nglim to'lmadi. Birinchi bo'limda har tomonlama yutqazdik" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "O'yindan ko'nglim to'lmadi. Birinchi bo'limda har tomonlama yutqazdik"

Pro liga 5-turidan o'rin olgan "Jayxun" – "Olimpik Mobiuz" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– Bugun birinchi taymda har tomonlama yutqazdik. Juda ham qiynaldik. Ikkinchi taymda esa men xohlagan o'yin chiqishni boshladi. Undan keyin ham juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Umumiy olganda o'yindan ko'nglim to'lmadi. Har doim oxirigacha kurashish kerak. Futbol bu kurash. Kurashmasa, yugurmasa ham kim uch ochkoni bermaydi. 

– "Jayxun" jamoasining o'yini haqida qanday fikrdasiz?

– "Jayxun"ni o'rganganmiz, ular biz kutgan o'yinni ko'rsatishdi. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda to'liq qoniqish hosil qilgan bo'lardik.

– O'yinda gol urishga nima halaqit qildi?

– "Jayxun"ni o'rganganimizda ularning nozik nuqtasi aynan standardlar edi. O'yindagi vaziyatlarni maxorat sabab golga aylantira olmadik. Futbolchilarimiz o'zini ustida ishlasa, bu kabi vaziyatlarni golga aylantirishga erishamiz. "Jayxun" jamoaviy o'yin ko'rsatadi, oxirgacha kurashadi. Umuman olganda raqib jamoa menga yoqdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика