So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  0 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  0 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  6 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  15 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  12 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  32 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  13

#Matchday: Manchesterda APL va A Seriya peshqadamlari to'qnashuvi, "Tottenxem" Madridda imtihon topshiradi (prevyu) Yangiliklar

#Matchday: Manchesterda APL va A Seriya peshqadamlari to'qnashuvi, "Tottenxem" Madridda imtihon topshiradi (prevyu)

Bugun tunda uyqu yo'q.

Sababi aniq, Evropa chempionlar ligasining navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi.
Futbol shaydolari seshanba hamda chorshanba kunlarini boshqacha ishtiyoq va intiqlik bilan kutishadi.
Evropaning eng nufuzli turniri - ECHL 3-uchrashuvlari ham eshik qoqmoqda.

To'rtta guruhda bugun 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.
"E" guruhi: "Spartak" - "Sevilya", "Maribor" - "Liverpul"
"F" guruhi: "Manchester Siti" - "Napoli", "Feyenoord" - "SHaxter"
"G" guruhi: "Monako" - "Beshiktash", "RB Leypcig" - "Portu"
"H" guruhi: "Real" - "Tottenxem", APOEL - "Borussiya" Dortmund


Dastlab "E" kvartetidagi holatga etibor qaratamiz.
Guruh peshqadami "Sevilya" bugun Moskvada ikkita o'yindan buyon durang qayd etayotgan "Spartak" qarshiligiga duch kelishadi. Karrera shogirdlari ketma-ket ikkita durangdan keyin endi g'alaba qozonish payti kelganini yaxshi tushunib turishibdi. "Sevilya" esa Moskvadan ochkosiz qaytadigan bo'lsa, unda peshqadamlikni boshqaga topshirib qo'yishi muqarrar. SHu boisdan ham ispaniyaliklar peshqadamlikni mustahkamlash maqsadida g'alabani ko'zlashlari aniq.
"Spartak" esa birgina g'alaba bilan guruhdagi holatini yaxshi tomonga o'zgartirish imkoniyatiga ega.
SHu jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, o'yin ancha hujumkor va murosasiz o'tishi aniq.


Guruhning narigi bahsi Sloveniyada o'tkaziladi. Birinchi turda o'z uyida "Spartak"dan bir ochko olgan "Maribor"ni bu safar yanada jiddiyroq raqib - "Liverpul" kutmoqda.
"Maribor" va "Liverpul" jamoalarini o'rtasidagi farq - 1 ochkoni tashkil qiladi. Ammo sloveniyaliklar ushbu nomdor raqiblariga etarlicha qarshilik qilishlariga ishonish qiyin. Tarkibdagi futbolchilarning darajasi, jamoalarning saviyasi o'rtasidagi farq albatta bu erda o'z so'zini aytishi aniq. Biroq "Maribor" Evropa chempionlar ligasida shunchaki nomiga ishtirok etish uchun o'ynamasligini isbotlashga astoydil harakat qiladi.
Yurgen Klopp esa ikkita o'yindagi durangdan keyin bu safar ham g'alaba qozonmasa, keskin tanqidlar ostida qolib ketishini va guruhdagi holatni qiyinlashtirib qo'yishini tushunib turibdi.
SHu boisdan ham bu bahs "Liverpul" uchun yuqori ahamiyat kasb etadi. Zero, bu turda ham uch ochko qo'lga kiritilmasa, jamoa oson deb taxmin qilingan guruhning birinchi davrasini g'alabasiz yakunlashiga to'g'ri keladi. Bu esa "Liverpul" kabi grand jamoa uchun uyatli bo'ladi.


Nafaqat kunning, balki turning eng markaziy o'yinlaridan biri "F" guruhida kechishi aniq.
"Kvartet" peshqadami "Manchester Siti" A Seriya peshqadami "Napoli"ni mehmon qiladi.
Gvardiola va Sarri to'qnashuviga aylanadigan ushbu bahsga bo'lgan qiziqish ancha yuqori. "Siti" peshqadamlikni yanada mustahkamlash uchun harakat qilsa, "Napoli" ularga etib olish uchun bugun bor kuchini sarflashi aniq.
O'rtadagi 3 ochkolik farqni yo'qqa chiqarishni, "Siti"ni joriy mavsumda birinchilardan bo'lib mag'lubiyatga uchratishni "Napoli" uddalay oladimi, degan savolga javob olamiz.


Angliya premer ligasi va A Seriya etakchilarining o'zaro o'yinlari Evropa chempionlar ligasi 3-turini bezab berishi aniq. Har ikkala jamoa murabbiylari hujumkor futbol tarafdori. Hujumkorlikni xush ko'radigan jamoalar o'rtasidagi bahs esa muxlislar kutgan sovg'ani taqdim etadi.
Gvardiola ham, Sarri ham o'z jamoalarini 4-3-3 taktik sxemada o'ynatmoqda. Bir xil uslubni, bir xil taktik sxemani qo'llaydigan ikki mutaxassis to'qnashuvida kimning qo'li baland keladi?

Tarkibdagi nomlar, tanlov imkoniyati ko'pligi va ijrochilar mahoratida bobida "Siti"ning ustunligini qayd etmaslikning iloji yo'q. Qo'shimchasiga o'yin Manchesterda bo'ladi. Bu esa albatta "Siti"ning imkoniyatlarini oshirishi tabiiy. Ammo "Napoli" qaysi raqibga qanday uslubni qo'llashni biladigan malakali va kuchli murabbiyga ega. SHuningdek, jamoa futbolchilari nom jihatidan "Siti"ga biroz yutqazishi mumkin, ammo o'yin borasida ular istalgan jamoaga raqobatni taqdim etishga qodir.


Jamoa bekorga A Seriyada peshqadam bo'lib turgani yo'q.
Jamoalarning evrokuboklardagi tajribasi haqida gapiradigan bo'lsak, bu borada tenglikning guvohi bo'lamiz.
Har ikkala jamoa har qancha kuchli va nomdor bo'lmasin, ammo hozircha ECHLda ular haqiqiy top klubga aylanishgani yo'q.

Guruhning ikkinchi o'yini Gollandiyadagi "de Kuip" stadionida bo'ladi.
Unda guruh autsayderi "Feyenoord" Ukrainaning "SHaxtyor" jamoasini qabul qiladi. Bu o'yinda "Feyenoord" ECHLdagi o'zining ilk ochkosini qo'lga kiritish uchun kurashsa, "SHaxtyor" turnir jadvalida ikkinchi pog'onaga ko'tarilib olish uchun harakat qiladi. Agarda "SHaxtyor" mehmonda "Feyenoord"ni engishni uddasidan chiqsa, unda Manchesterdagi o'yinda etakchilarning biri ochko yo'qotishi natijasida "konchilar" ularga etib olishlari mumkin.


"G" guruhi autsayderi "Monako" peshqadam "Beshiktosh" bilan kuch sinashadi. O'tgan mavsum Evropa chempionlar ligasida yaxshigina to'polon ko'targan "monegasklar" uchun joriy mavsum ancha muvaffaqiyatsiz boshlandi. Tarkibdagi etakchilarning jamoadan ketishi natijasida jamoa birmuncha kuchsizlandi. Aksincha, kuchli futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olgan "Beshiktosh" esa ancha kuchayishga erishdi va bugungi kunda "G" guruhida yakka peshqadamlik qilmoqda.


"Monako" dastlabki ikki o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Beshiktosh"ga qanday kurash taklif etadi? Jamoa guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qolishi uchu bugun peshqadamni mag'lubiyatga uchratishi lozim. Aks holda Leonardo Jardim shogirdlari o'tgan yilgi ko'tarilishdan keyin ancha pastga qulashlariga to'g'ri keladi.
"Beshiktosh" jamoasi esa bugun Franciyadan uch ochko bilan qaytadigan bo'lsa, unda ular masalani deyarli hal etishadi.
Peshqadam va autsayder o'rtasidagi ushbu bahs o'ziga xos finalga aylanadi.


Guruhning ikkinchi uchrashuvi Germaniyada bo'ladi. Turnir jadvalining o'rtalig'idagi "Leypcig" hamda "Portu" jamoalari ikkinchi yo'llanma uchun astoydil kurashishlari aniq. Bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvi esa ko'p narsani hal qilishi mumkin.
"Red Bull Arena"dagi o'yin guruh bosqichining birinchi davrasini kim ikkinchi pog'onada yakunlashiga oydinlik kiritib beradi.


"H" guruhida ancha qiziq holat kuzatilmoqda. Bu "kvartet"da ikkita jamoa 6 ochkodan to'plagan holda qo'shpeshqadamlik qilayotgan bo'lsa, qolgan ikkita jamoa hali ochko jamg'armagan.
Madridda qo'shpeshqadam bo'lib turgan "Real" hamda "Tottenxem" jamoalari o'zaro bellashishadi. Bu o'yinda kim guruhning yakka hokimiga aylanishi hal etiladi.
"Santyago Bernabeu"dagi bahsda mezbonlarning imkoniyatlari yuqori. "Real" garchi ichki chempionatda yuqori saviyada o'ynamayotgan bo'lsada, evrokuboklarda qanday o'ynashni biladigan jamoa.


"Tottenxem" esa bu borada bugungi raqibi qarshisida kichkina jamoadek taassurot uyg'otishi mumkin.
Ammo Pochettino "Tottenxem" bilan katta arenaga chinakamiga kirmoqchi ekanligini yashirmayapti. Bugungi o'yin "Tottenxem"ning katta o'yinlarga qanchalik tayyor ekanligiga oydinlik kiritib beradi. Mauricio Pochettino bugun "Real"ga qarshi uchrashuvda o'ziga xos imtihon topshiradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.


Narigi bahsda esa hozircha ochkosiz qolayotgan APOEL va "Borussiya" Dortmund ilk ochkolar uchun kurash olib borishadi.
Bu o'yinda ikkinchi davra oldidan qaysi jamoa guruhdan chiqish uchun kurashni davom ettirishi malum bo'ladi.
Bu to'qnashuv favoriti kimligi aniq. Ammo Dortmund jamoasi o'tgan ikkita bahsda ham o'yin borasida juda kuchli taassurot qoldirishganiga qaramasdan, yakunda mag'lubiyatga uchrashgandi. Peter Boshsh hozircha evrokuboklarda o'zining yangi jamoasi bilan ilk g'alabasini qo'lga kiritishda qiyinchilikka duch kelmoqda.


ECHL, 3-tur.

"E" guruhi
"Maribor" - "Liverpul"
"Maribor"
: Xandanovich; Milec, Raychevich, SHuler/Billong, Viler; Kabxa, Vrxovec; Pixler (Bayde), Axmedi, Boxar; Tavares
O'ynamaydi: SHme (jarohat)
So'roq ostida: SHuler (jarohat)

"Liverpul": Karius; Aleksander-Arnold, Matip, Lovren, Moreno; Oksleyd-CHemberlen, Xenderson, Milner; Salax, Koutino, Starridj.
O'ynamaydi: Mane (jarohat), Lallana (jarohat), Klayn (jarohat), Masterson (diskvalifikaciya)

"Spartak" - "Sevilya"
"Spartak"
: Selixov; Eshhenko, Djikiya, Taski, Bokketti, Kombarov; Fernando, Glushakov, Samedov, Promes; Luis Adriano
O'ynamaydi: Rebrov (jarohat), Tigiev (jarohat), Zobnin (jarohat), Timofeev (jarohat), Ananidze (jarohat), Ze Luish (jarohat)

"Sevilya": Serxio Riko; Merkado, Ker, Langle, Eskudero; Vaskes, Pizarro, Banega; Korrea, Ben-Yedder, Nolito
O'ynamaydi: Parexa (jarohat), Karrisu (jarohat)
So'roq ostida: Ker (jarohat), N'Zonzi (jarohat)


"F" guruhi
"Manchester Siti" - "Napoli"
"Manchester Siti"
: Ederson, Uoker, Stounz, Otamendi, Delf; Fernandino, de Breyne, Silva; Sterling, Jezus, Sane.
O'ynamaydi: Kompani (jarohat), Mendi (jarohat)

"Napoli": Reyna; Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam; Allan, Diavara, Gamshik; Kalexon, Mertens, Insine
O'ynamaydi: Milik (jarohat)


"Feyenoord" - "SHaxter"
"Feyenoord"
: Djons; Amrabat, van Beek, Sen-Jyust, Xaps; El-Axmadi, Toornstra, Vilena; Bergxeys, Boetyus, Larsson.
O'ynamaydi: Bottegin (jarohat), van der Xeyden (jarohat), Tapiya (jarohat)
So'roq ostida: Kramer (jarohat)

"SHaxter": Pyatov; Butko, Ordec, Rakickiy, Ismaili; Fred, Stepanenko; Marlos, Tayson, Bernard; Ferreyra.
O'ynamaydi: Krivcov (jarohat), Malishev (jarohat), Dentino, Srna.


"G" guruhi
"Monako" - "Beshiktash"
"Monako"
: Subashich; Ture, Glik, Jemerson, Sidibe; Lopesh, Moutinyu, Fabino, Lemar; Falkao, Balde
O'ynamaydi: Yovetich (jarohat)

"Beshiktosh": Fabri; Medel, Pepe, D. Toshich, Djaner Erkin; Oguzxan Ezyakup, Xatchinson; Kuarejma, Taliska, Babel; Djenk Tosun
O'ynamaydi: Atinch Nukan (jarohat), Gekxan Tere (jarohat), Orkan CHinar (jarohat)


"RB Leypcig" - "Portu"
"RB Leypcig"
: Gulach; Bernardo, Orban, Upamekano, Xalstenberg; Demme, Keyta; Zabicer, Forsberg; Poulsen, Ogyusten
So'roq ostida: Klostermann (jarohat), Verner (jarohat)

"Portu": Kasilyas; Maksi Pereyra, Felipe, Markano, Aleks Telles; Danilu; Errera, Serjiu Oliveyra; Marega, Abubakar, Braximi
O'ynamaydi: Diogu Leyte (diskvalifikaciya), Soares (jarohat)


"H" guruhi
"Real" - "Tottenxem"
"Real"
: K. Navas; Nacho, Varan, Ramos, Marselo; Modrich, Kazemiro, Kroos, Isko; Benzema, Ronaldu
O'ynamaydi: Beyl (jarohat), Kovachich (jarohat), Karvaxal (jarohat)

"Tottenxem": Loris; Alderveyreld, Sanches, Vertongen; Ore, Uinks, Dayer, Tripper; Eriksen, Son Xyn Min; Keyn
O'ynamaydi: Alli (diskvalifikaciya), N'Kudu (jarohat), Dembele (jarohat), Vanyama (jarohat)
So'roq ostida: Devis (jarohat), Rouz (jarohat)


APOEL - "Borussiya" Dortmund
APOEL
: Vaterman; Vuros, Rueda, Merkis, Lago; Zaxid, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis; SHolloi; de Kamargo.
O'ynamaydi: Bertolo (jarohat), Efrem (jarohat), Karlao (jarohat)
So'roq ostida: Milanov (jarohat)

"Borussiya": Byurki; Zagadu, Bartra, Papastatopulos, Tolyan, Kastro, Nuri SHaxin; Yarmolenko, Kagava, Pulishich; Obameyang
O'ynamaydi: Pishhek (jarohat), Durm (jarohat), Rafael Gerreyru (jarohat), SHyurrle (jarohat)
So'roq ostida: SHmelcer (jarohat)


P.S. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика