So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

JCH-2022ning 10ta ehtimoliy kashfiyoti: "Barselona"ning yulduzli dueti, yangi Kompani va 4 million obunachiga ega bloger Yangiliklar

JCH-2022ning 10ta ehtimoliy kashfiyoti: "Barselona"ning yulduzli dueti, yangi Kompani va 4 million obunachiga ega bloger

Ular hali 20 yoshga ham kirmagan, ammo ularning har biri jahon darajasidagi futbolchi bo'lib o'sishi mumkin.

Zeno Debast, Belgiya



Yoshi: 19

Klub: "Anderlext"

Amplua: markaziy himoyachi


Roberto Martines qo'l ostidagi Belgiya terma jamoasi ananaviy ravishda uch markaziy himoyachi bilan o'ynaydi. Bu sxemada Tobi Alderveyreld va Yan Vertongenga joy kafolatlangan, uchinchi joyga esa Vensan Kompanidan so'ng har xil o'yinchilar almashmoqda. Jahon chempionatida uchinchi o'yinchi 19 yoshli Zeno Debast bo'lish ehtimoli bor. Martines sentyabrdagi o'yinlarda uni ikki bor asosiy tarkibga tushirdi.

Debast — "Anderlext" tarbiyalanuvchisi va klubning ushbu mavsumdagi asosiy o'yinchilaridan biri. Debastning katta futboldagi debyuti ramziy ravishda atigi bir yarim yil oldin Kompani qo'l ostida ro'y berdi. Bundan tashqari, uni Kompani bilan to'g'ridan-to'g'ri solishtirish ham ajablanarli emas: Goal yaqinda chiqargan maqolasida uni "yangi Kompani" deb atagan.


Antoniu Silva, Portugaliya



Yosh: 19

Klub: "Benfika"

Amplua: markaziy himoyachi


Bahorda himoyachini haqida faqatgina "Benfika"ning ashaddiy muxlislarigina bilardi, hozir esa Silva Jahon chempionatiga bormoqda. Antoniu Lissabon klubi asosiy tarkibida avgustning so'nggidagina debyut qildi, ammo tezda asosiy tarkibga kirdi va CHL guruh bosqichidagi o'yinlarning barchasini to'liq o'tkazdi. "Benfika" guruhda PSJ va "Yuventus" (Silva hatto turinliklarga gol ham urdi)dan o'zib ketdi.

Silva Portugaliya terma jamoasida hali birorta rasmiy o'yin o'tkazmadi, ammo huddi shunday vaziyat Evro-2016 va Renatu Sanshesh bilan ro'y bergan. Xavbek turnir davomida milliy jamoaga borgan, yakunda chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lgan va Portugaliya terma jamoasiga oltin medalni yutishda yordam bergan. Silvaning o'sish suratini hisobga olsak, u noyabr oyidayoq asosiy tarkib o'yinchisiga aylanishi mumkin.


Yussufa Mukoko, Germaniya



Yosh: 17

Klub: "Borussiya" (Dortmund)

Amplua: hujumchi


Jahon chempionatining eng yosh futbolchisi — Mukoko musobaqaning boshlanish kunida 18 yoshni qarshi oladi. "Borussiya" forvardi hali Germaniyaning kattalar terma jamoasida debyut qilmadi, ammo uni Qatarga bekorga olib ketishmadi. Nemis jamoasida markaziy hujumchi bilan bog'liq muammo bor, bundan tashqari Timo Verner ham jarohat olgan. SHunchaki tanlov yo'q.

Mukoko — haqiqiy akselerat. U ikki yil oldin 16ga kirmasdanoq Dortmundda debyut qilgan va o'sha paytdayoq ikkita rekordni o'rnatgan — Bundesliga tarixidagi eng yosh futbolchi, keyinroq CHempionlar Ligasida ham. Mukoko hozirda doimiy tarzda "Borussiya"da o'ynamoqda va ushbu mavsum 6ta gol urishga ulgurdi.


Jamal Musiala, Germaniya



Yosh: 19

Klub: "Bavariya"

Amplua: hujumkor yarim himoyachi


Yana bir nemis iqtidori, ammo u terma jamoaning asosiy tarkibiga davo qiladi. Musiala Evro-2020da ikki bor zaxiradan maydonga tushdi, ammo bir yarim yil davomida sezilarli ravishda o'sdi va endi "Bavariya"da ajoyib o'yinlar ko'rsatmoqda. Jamal gegemonlar safida almashtirib bo'lmas — yaqinda 20 yoshga kirmasdanoq Myunxen jamoasi tarkibida yuzta o'yin o'tkazdi.

Musialaning otasi — nigeriyalik britan, o'zi esa "CHelsi" tarbiyalanuvchisi va o'smirlar darajasida Angliya termasi sharafini himoya qilgan. Ammo, 16 yoshida "Bavariya"ga o'tdi va ona tomondan rishtalar muhim rol o'ynadi, Jamal endilikda Germaniya sharafini himoya qilmoqda.


Yunus Musa, AQSH



Yosh: 19

Klub: "Valensiya"

Amplua: markaziy yarim himoyachi


Musa ham Musiala kabi Angliya o'smirlar termasida o'ynagan va Britaniya top-klubi ("Arsenal") tarbiyalanuvchisi, ammo kattalar darajasida vatani sharafini himoya qilishga qaror qildi. AQSH terma jamoasi bundan faqatgina xursand — Musa allaqachon AQSH tarkibida 20ta o'yin o'tkazdi va asosiy tarkib futbolchisi sifatida Qatarga yo'l oladi.

Yunus klub miqyosida ham yaxshi rivojlanmoqda — samarali harakatlarni doim amalga oshirmayotgan bo'lsa-da, "Valensiya"da doimo o'ynamoqda.


Gavi, Ispaniya



Yosh: 18

Klub: "Barselona"

Amplua: markaziy yarim himoyachi


"Barselona"ning 18 yoshli xavbeki hali birorta ham jamoaviy titulni qo'lga kiritmagan bo'lsa-da, allaqachon ko'plab mukofotlarni olgan. Ikkita individual mukofotga ega chiqdi — Golden Boy mukofoti va Raymon Kopa sovrini (ikkisi Evropa va dunyoning eng yaxshi yosh o'yinchisiga beriladi).

Gavi ismi "Barselona" bosh murabbiyi nomiga mos keladi. Poziciya, funkcional va antropometriya — barchasi "ko'k-anorranglilar"da yangi Xavi o'sayotganidan dalolat beradi.


Pedri, Ispaniya



Yosh: 19

Klub: "Barselona"

Amplua: markaziy/hujumkor yarim himoyachilar


Gavi yangi Xavi bo'lsa, Pedri yangi Inestadir. Balki teskarisidir, ammo buning ahamiyati yo'q. Muhimi, "Barselona" va Ispaniya terma jamoasida aqlbovarqilmas imkoniyatlarga ega haqiqiy iqtidorli futbolchilar paydo bo'ldi.

Pedri ham Gavi kabi Golden Boy mukofoti va Raymon Kopa sovriniga ega. U Evro-2020ning eng yaxshi yosh o'yinchisiga aylangan va unda 6ta o'yin o'tkazgandi. Jarohatlar o'tgan mavsum Pedrining o'sishini sekinlashtirdi, ammo u hozirda soppa-sog' va Gavi bilan birga jamoani Jahon chempionati finaliga olib chiqishga tayyor.


CHavi Simons, Niderlandiya



Yosh: 19

Klub: PSV

Amplua: hujumkor yarim himoyachi


Simons — to'laqonli jahon yulduzi. Faqat futbolda emas, ijtimoiy tarmoqda. Instagram'da Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisining obunachilari soni 4,2 million. Va bu chegara emas.

CHavi ancha oldin muxlislar bazasini yaratishni boshlagan. 14 yoshidayoq, aniqrog'i 4,5 yil oldin unga bir million inson obuna bo'lgandi. Simons o'shanda "Barselona" akademiyasida o'ynayotgan va tryuklar, gollar va chellenjlar aks etgan turli videolar yuklardi, tashqi ko'rinishi esa ularni yanada samaraliroq qilardi. Simons 2019 yilda "Barselona"ni PSJga almashdi — francuz klubining maqsadlaridan biri ham yangi auditoriyani jalb qilish edi.

Ammo, Simons o'ynashni xohladi, shu sabab o'tgan yozda PSVga o'tdi. U erda birdan porladi — u yarim mavsumda o'nta gol va uchta assist qayd etdi. Lui van Gal bunday statistikani etiborsiz qoldira olmadi va CHavini termaga jalb qildi.


Annibal Mejbri, Tunis



Yosh: 19

Klub: "Birmingem Siti" ("Manchester Yunayted"dan ijara)

Amplua: hujumkor yarim himoyachi


O'zgacha soch turmagi va katta iqtidorga ega yana bir futbolchi. Mejbrida hozircha CHavi Simonsdagidek ko'p obunachilar yo'q, ammo o'z milliy termasida deyarli yigirmata o'yin o'tkazgan. Mejbri Tunis uchun — haqiqiy yulduz, CHempionshipda "Birmingem"da o'ynasa ham "Manchester Yunayted"ga tegishli.

Annibal (yoki arabchasiga talaffuz qilinsa Xannibal) Franciyada tug'ilgan va unda o'smirlar darajasida o'ynagan. U 16 yoshida "Monako" akademiyasidan "Manchester Yunayted"ga kelgan, keyinchalik esa tarixiy vatani uchun o'ynashga qaror qilgan.


Jud Bellingem, Angliya



Yosh: 19

Klub: "Borussiya" (Dortmund)

Amplua: markaziy yarim himoyachi


19 yoshli yarim himoyachining Dortmundda mavqei shunchalik muhimki, unga oktyabrdagi ikkita o'yinda sardorlik bog'ichini topshirishdi. Judning harakat hududi chegaralanmagan — u maydon markazida o'ynaydi va katta miqdordagi qora ishlarni bajaradi, shu bilan CHempionlar Ligasidagi dastlabki to'rtta turning har birida gol urdi.

Bellingem ikkinchi o'rin egallangan Evro-2020da atigi uch bor zaxiradan maydonga tushdi, ammo Qatarda xavbek aniq asosiy tarkibda o'ynaydi — uning Angliya terma jamoasiga tasiri juda ham yuqori. Xavbek kelasi yozda katta ehtimol bilan top-klubga o'tadi.  Unga "Liverpul", MYU, "Real", "CHelsi" va "Manchester Siti" klublari ov boshlagan.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика