So’nggi yangiliklar

14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  8 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  12 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  5 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  2 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18

Eshitdik-da! "Navbahor"ga o'tgan Marushich eski va yangi klubini qiyin ahvolda qoldirmoqda Yangiliklar

Eshitdik-da! "Navbahor"ga o'tgan Marushich eski va yangi klubini qiyin ahvolda qoldirmoqda

19 yanvar kuni "Navbahor" jamoasi serbiyalik hujumchi Zoran Marushich bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

20 yanvarda esa Namangan klubi matbuot xizmati bu haqda rasmiy malumot berdi.

"Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, futbolchining "Dinamo" (Tbilisi) bilan shartnomasi 1+1 ko'rinishda ekan. Bu o'rinda sobiq jamoasi uni ortga qaytarmoqchi. Hujumchining o'zi esa Gruziyaga qaytmagan va "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Tbilisi klubi Marushich bilan shartnoma borasida sudlashmoqda.

"Dinamo" kecha "Navbahor" klubiga futbolchining transfer summasini to'lash bo'yicha rasmiy xat yuborgan. Agar "Navbahor" Zoran transferini "Dinamo" bilan hal etmasa va gruziyaliklar futbolchi shartnomasi bo'yicha haq bo'lib chiqsa, u holda "Navbahor" va Marushichga FIFA tomonidan diskvalifikaciya qo'llanishi mumkin.

Agar bu ishda Marushich haq bo'lsa, unda hujumchi "Navbahor"da faoliyatini davom ettiradi.

Serbiyalik hujumchiga mamlakatimizning boshqa bir klubi "Neftchi" ham 2 oy avval qiziqqan va 2021 yilning dekabrida rasmiy taklif yuborgan. Lekin, "Navbahor" futbolchiga "Neftchi" taklif etgan summadan ko'proq taklif qilgani uchun Zoran "Navbahor"ni tanlagan.


Malumot uchun: "Dinamo" Tbilisi Marushichning transferi uchun taxminan 300 ming AQSH dollari so'ramoqda. Uning transfermarkt portalidagi narxi 450 ming evroga teng.

Voqealar qanday rivoj olishini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика