So’nggi yangiliklar

14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  8 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5

Anvar Berdiev: "Himoyaviy futbol tarafdori emasman, hamma bilan hujumkor o'ynaymiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Himoyaviy futbol tarafdori emasman, hamma bilan hujumkor o'ynaymiz"

"Sho'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev Superliga 8-tur doirasidagi "Dinamo" (1:3)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, ammo ikkinchi bo'limda oddiy vaziyatlarda to'plar o'tkazib yubordik.


— "Sho'rtan" bugun "Dinamo"ga qarshi ochiq futbol o'ynadi. Bunday taktika tanlash jamoaning o'rnidan kelib chiqqan xato qaror emasmidi?

— Himoyaviy futbol tarafdori emasman. Eng yaxshi himoya hujum demakdir. Birinchi bo'limda vaziyatlar yuzaga keldi, faqat undan foydalolmadik, gol urilmayversa himoyachilarga bosim oshib ketadi. Menimcha, bugun ular bunga dosh bera olishmadi.

— "Sho'rtan"ning to'p bilan ishlashi haqida nima deya olasiz?

— Qisqa paslar bilan o'ynayapmiz va ammo, o'yinchilarga o'zlariga ishonch etishmayotgandek bo'lmoqda. Bu borada mashg'ulotlarda ishlyapmiz. Bundan tashqari, "Dinamo" jamoasi ham joriy mavsum chempionatdagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi.

— 64-daqiqa "Sho'rtan" o'yinchisi qoidani buzgan deb topilganda jiddiy etiroz bildirdingiz, bu haqda nima deya olasiz?

— Yaxshi vaziyatga chiqqanimiz, hakam o'yinni to'xtatganidan norozi bo'ldim. O'sha vaziyatda gol urishimiz mumkin edi va hakam keyin ham VARni eshitishi mumkin edi. Men hakamga shuni aytdim.

— Bugun urilgan har uchchala gol ham o'ng qanotdan qilingan hujumlardan so'ng urildi. Bu jamoaning ushbu qanotida muammolar borligini ko'rsatadimi yoki "Dinamo"ning o'ng qanoti kuchlimi?

— Ikkinchi gol yon chiziqdan to'p o'yinga kiritilganda zaxiradan tushgan o'yinchimiz Daler Sharipov ko'rsatmani noto'g'ri tushunibdi. O'yindan keyin bu haqda savol bersam, ko'rsatmani tushunmagan bo'lib chiqdi. O'sha vaziyatda o'yinchimiz to'p o'yinga kiritilayotganda turishi kerak edi. Uchinchi golga kelsak, himoyachimiz o'yin so'nggida darvozabon bilan bir-birini tushunmadi, bu ehtimol charchoq sababdir.

— Har bir murabbiyda 80-daqiqalarda o'yinchini tushirib, gol urib keta oladigan kalit bo'ladi. Sizda shunday kalit bormi?

— Hakam o'yinni boshlab berganidan yakuniy hushtakkacha davom etadi. O'yinchi hamma vaqt o'ynashi kerak. 80-daqiqada tushib o'yinni kuchaytira oladigan o'yinchi... to'g'risi bunday futbol tarafdori emasman.

— 2-3 yildan beri G'uzorga kelaman. Bunga qadar "Dinamo" bilan bo'lgan o'yinga o'xshash bahsni ko'rganim yo'q. Baribir oldin Pro ligaga mos o'yinlar bo'lgan. "Dinamo" ochiq va zo'r o'yin bo'lib o'tdi, futbolchilaringiz jonlarini berib o'ynashdi. Ammo, natija havas qilarli emas. "Sho'rtan" bir ochkoga ega, keyingi o'yinlarda nimadir o'zgartirishi ko'ramizmi yoki tushkun holat saqlanib qolinadimi?

— Har doim ham g'alaba qozona olmayapmiz, ammo men tushkun kayfiyatdagi o'yinchilarni o'ynatish tarafdori emasman. Rahbariyat menga qancha imkoniyat beradi, buni bilmayman, ammo lekin himoyaviy futbol tarafdori emasman. Hammaga qarshi hujumkor o'ynaymiz. Futbolchilarga g'alabaga bo'lgan ishonchni etkaza olmayapmiz va vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz.

— O'yinning belgilangan vaqtidan mazza qildingizmi. Shu paytga qadar 20:15da G'uzorda futbol boshlanmagan.

— O'yin kechroq bo'lgani ajoyib bo'ldi. Kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Ammo, atigi bir ochkomiz borligi, bu men uchun juda noqulay.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика