Ro'ziqul Berdiev - Superliga-2024ning eng yaxshi murabbiyi!

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 11:25
Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlanmoqda.

Bundan tashqari, PFL rahbariyati va OAV o'rtasida ochiq muloqot ham bo'lib o'tadi.

Superliga-2024. Yil murabbiyi bo'lishga nomzodlar:

Mirjalol Qosimov (OKMK)

Aleksandr Xomyakov ("Andijon")

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")

PFL mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, yuqoridagi uch nomzod orasidan "Nasaf" jamoasi ustozi Ro'ziqul Berdiev Superligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Ma'lumot uchun, "Nasaf" bu yil Berdiev boshchiligida tarixda ilk bor O'zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia