Eshitdik-da! O'zbekiston keyingi yil futzal bo'yicha Jahon chempionatini qabul qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2023
So'nggi yillarda O'zbekistonda bir qator xalqaro musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.

2022 yil U-23 Osiyo kubogi, 2023 yilda U-20 Osiyo kubogi shular jumlasidan. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston 2024 yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha Jahon chempionatini qabul qilishga ariza bermoqchi. Agar mundial O'zbekistonga ishonib topshirilsa, o'yinlarning asosiy qismi Toshkentdagi "Humo Arena" sport majmuasida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Agar Wikipedia ma'lumotlariga ishonsak, ushbu musobaqani qabul qilish uchun Eron, Hindiston, Marokash, Gvatemala, AQSH, Meksika va Nikaragua kabi mamlakatlar ham davogar hisoblanishadi.

Ma'lumot uchun, 1989 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatiga quyidagi davlatlar mezbonlik qilgan: Niderlandiya, Gonkong, Ispaniya, Gvatemala, Tayvan, Braziliya, Tailand, Kolumbiya va Litva.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya-2016 va Litva-2021 Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia