So’nggi yangiliklar

19:22Руслан Аҳмедов: "Ўйинда устунлик қилганимизга қарамасдан, қўшимча дақиқаларда гол ўтказиб юбордик"  3 19:14"Ливерпуль"да чемпионлик учун имконият қолмади  1 19:00"Металлург" - "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  1 18:59Суперлига. «Олимпик» — «Пахтакор» 0:0 (Матнли трансляция)  9 18:30АПЛ. Чемпионлик учун курашаётган "Манчестер Сити" йирик ғалабага эришди (+жадвал)  12 17:43"Олимпик" - "Пахтакор". Таркиблар билан танишинг  5 17:21Россияга боришдан бош тортган Испания, етакчиларсиз қатнашган Франция ҳамда башоратчи шифокори билан ғолиб бўлган СССР — илк Европа чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  3 17:09ФИНАЛ. Дастлабки баҳсда "Йокогама" иродали ғалабага эришди  19 16:46Килиан "Реал"да ўзи хоҳлаган рақамда ўйнамайди  9 16:10Франция президенти "Реал"га мурожаат қилди  7 15:56"Барселона" 100 млн. еврога харидор чиққан футболчиси билан хайрлашмоқчи  5 15:37Суперлиганинг 7-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  1 14:56ПРЕВЬЮ. "Қизилқум" "Металлург"дан ўтган мавсум мағлубиятлари учун аламини оладими?  0 14:37Эммануэль Эмонкпайр гол урган баҳсда Ўзбекистон U14 терма жамоаси 5:0 ҳисобида ғалабага эришди  7 14:17Олли Уоткинснинг қиз ўртоғи ғирром йўл билан йигитига соврин олиб бермоқчи  5

Mutolaa uchun. Bolalikda og'ir damlarni boshdan kechirgan, matonatli ona farzandi, jahon chempioni – Anxel Korrea Yangiliklar

Mutolaa uchun. Bolalikda og'ir damlarni boshdan kechirgan, matonatli ona farzandi, jahon chempioni – Anxel Korrea

"Bir futbolchi tarixi" ruknida tarjimai holi gollivud kinolarining scenariysidan ham qiziqroq bo'lgan futbolchi haqida to'xtalamiz.

Yuragida o'simta aniqlangan Anxel



Korreaning yuragi operaciya qilingach, uning faoliyati xavf ostida edi. SHifokorlar bu xavfsiz ekanligini aytishgan, lekin ular aslida aldashgan edi.

Anxel 2014 yilda "Atletiko"ga ko'chib o'tgandi (ular hatto shartnoma imzolashdi va transferni elon qilishdi). U ananaviy tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. 28 may kuni u agenti bilan Argentinadagi manzilga etib keladi. Kardiogramma jarayonida shifokorlar g'alati narsani payqashdi va maslahatlashish uchun xonadan chiqib ketishdi.

Keyin ular 19 yoshli yigitchani hayratda qoldirishdi: uning yuragida o'simta aniqlandi. 

"SHifokorlar to'satdan menga operaciya qilish kerakligini aytishdi. Mening birinchi fikrim rad etish edi. Men jarrohlik amaliyotini o'tashni istamayotgandim, chunki Libertadores Kubogining yarim final javob uchrashuvini o'tkazib yuborgan bo'lardim. Buning uchun juda ko'p harakat qilgan edim, o'yinni intiqlik bilan kutayotgandim.

Ammo boshqa tanlov yo'q edi, men rozi bo'lishga majbur edim. Biz uchun bu eng yaxshi variant, dagen qarorga keldik. Men yosh edim, tiklanishga vaqtim bor edi va oxir-oqibat bu sodir bo'ldi", – deb eslaydi o'sha kunlarni Korrea. 

Iyun oyida Korrea Nyu-Yorkga uchib ketadi va u erda mikroxirurgiya klinikasida operaciya qilinishi kerak edi. Operaciyadan oldin u so'nggi bor ikkilanib, shifokorlar bilan gaplashadi. 

"Ular menga hammasi yaxshi bo'lishini, faolyatimni xavf ostiga qo'ymasligimni aytishdi. Lekin bu yolg'on edi! Ular menga yolg'on gapirishgandi. Operaciyadan oldin ular meni jarrohlik amaliyotiga rozi bo'lishim uchun hech narsa deyishmagan. Keyin o'yladim: "Men narkoz ostida bo'laman, agar uyg'onsam – bu yaxshi. Agar o'yg'onmasam, bu mening omadli damlarim bo'lmaydi", – degan fikrga keldim.

"Men muvaffaqiyatli operaciya qilinganimdan keyingina ular mening faoliyatimni tugatish xavfi borligini tan olishdi. Yaxshiyamki, oxirida hammasi yaxshilik bilan tugadi. Men futbol o'ynashni davom ettirdim", – degan edi argentinalik.

Uning organizmida inson salomatligi uchun xavfli bo'lmagan o'simta borligi aniqlangan edi, operaciya bir necha soat davom etdi. Hammasi haqiqatan ham mukammal o'tdi. Korrea kun oxirida o'zini yaxshi his qildi. Ammo har ehtimolga qarshi u klinikada yana bir hafta qolishi kerak edi.

Tiklanish muddati olti oy davom etdi. U Libertadores Kubogining yarim final va finallarini televizor orqali tomosha qildi.


Rim papasi bilan uchrashuv

Francisk Korreaning sobiq klubiga muhlislik qiladi.


Jarrohlikdan so'ng Korreani shaxsan Rim papasi Vatikanga taklif qildi. 

"Men unga o'z shahrimda rahmat aytgan edim, endi buni Vatikanda qilishim kerak", – degan edi Korrea jilmayib.

Bu tanishuv qanday paydo bo'lgan? Papa argentinalik episkop Xose Bergolo "San-Lorenso"ga bolaligidan muhlislik qiladi. Saylanishidan oldin u jamoa bilan uchrashdi va futbolchilarni, shu jumladan, o'sha paytda 16 yoshli Korrea o'ynagan yoshlar jamoasini duo qildi.

"Papa meni duo qilganini aytganimda, rasmlarni ko'rsatmagunimcha hech kim menga ishonmagan edi... Umid qilamanki, u bizga yordam beradi", – dedi Korrea Libertadores Kubogidagi muhim o'yinlarning biridan oldin.


Qiyin bolalik davri: qashshoqlik, bosqinchilar mahallasi va otasining o'limi

Uni faqat futbol qutqargan.

Korreaning bolaligi Lotin Amerikasidagi ko'plab futbolchilar singari qiyinchilikda o'tgan. U Rosarioning chekkasidagi kriminal tuman Las-Floresda katta bo'lgan. U erda deyarli barcha oilalar kriminal guruhlar bilan bog'liq bo'lishgan. Ko'chalardagi otishmalar, yaralangan bolalar taqdiri Las-Floresda odatiy hol edi.



"Kambag'al hududda yashash juda qiyin. Hamma narsa sizni pastga tortadi, bosim ikki baravar kuchli. Hamma sizni giyohvand yoki jinoyatchi bo'lib, hayotingiz qamoqda yakun topishiga ishonadi. Lekin boshqalar ham bor edi. Mahalliy giyohvandlar har doim menga: 

"Agar seni giyohvand moddalar bilan ko'rsak, seni o'ldiramiz. Hayotingni futbolga bag'ishlashing kerak. Men mehnat qilish orqali bu erlardan qochish mumkinligini tushundim", – deya uqtirishgan.

Anxel 10 yoshdaligida otasi vafot etadi. Oila boquvchisini yo'qotgandi. Ikki yil o'tgach esa uning akasi Marselo ham vafot etdi. 

"Yo'q, men sizga nima bo'lganini ayta olmayman. So'ramang, iltimos. Yuragimdagi bu bo'shliqni hech qachon to'ldira olmayman. Ammo biz oldinga harakat qilishimiz kerak", – degan edi Korrea 2014 yilda.

Korrea hayotini futbolsiz tasavvur qila olmaydi. Bu unga bolalikdagi jarohatlarni unutishda yordam berdi: 

"Men 10 yoshimda otamni yo'qotgan vaqtdan boshlab futbol mendan hamma yomon narsalarni olib tashlay boshladi. Keyinchalik men akamni yo'qotdim va futbol menga buni engishga yordam berdi. Har safar maydonga chiqqanimda, yo'qotishlarimni unutaman. Faqat o'yindan bahra olishga harakat qilaman. Xoh bu "Atletiko" stadioni bo'lsin, xoh Rosariodagi hovlimiz".

Rosariodagi maydonchada 6 ga 6 sxemasiga binoan yoki 7 ga 7 o'ynashgan. Kichik hududda to'p bilan yaxshi muomala qilish unga kelajakda katta yordam bergan. Bolaligidanoq hujumda o'ynashni yaxshi ko'rardi, lekin bazida tayanch yarim himoyasida o'ynashiga to'g'ri kelardi, shu sabab hozirgi vaqtda u maydonga ko'p ishni bajara oladi.


Giyohvand moddalarga bog'lanib qolgan agent Korreaning shartnmoasi orqali yashirin pul ishlardi

U Korrea bilan 2005 yildan beri ishlardi. Korreani maktab o'yinlaridan birida payqab qolib, "Alliance" akademiyasiga chaqirgan.

Yomon o'tmish Anxelga butun hayoti davomida muammo tug'dirdi – "Atletiko"ga ko'chib o'tishdan oldin uning Argentinadagi shartnomasi Los Monos (bosqinchilar guruhi) tomonidan giyohvand moddalar savdosidan pul yuvish uchun ishlatilgani haqida malumot paydo bo'ldi. SHartnomani uning agenti Fransisko Lapiana boshqargan. SHartnoma orqali pul yuvishning shubhali hikoyasini u bilan bog'lashardi. Lapiana gangsterlar bilan do'st edi va ularga mijozlarining bitimlari orqali (ular bilmagan holda) pulni qonuniylashtirishda yordam bergan.

U Anxelning onasi bilan shartnoma imzolagan edi va buning uchun  har oy 2 ming peso to'lagan. Buning evaziga yigitning kelajakdagi transferlari uchun 100% iqtisodiy huquqlarni sotib olgan. Lapiana keyinchalik cheklarni dalil tariqasida ko'rsatadi va bu to'lovlar bilan Anxelning oilasini ochlikdan qutqarganini aytadi.

2012 yilda Lapiana Korreani "San-Lorenso"ga sotdi (yigit 2007 yilda akademiyada bo'lgan, ammo yoshi tufayli shartnoma imzolay olmagan), huquqlarning 30 foizini saqlab qolgan. Lapiana Korreaga Buenos-Ayresdan kvartira olib beradi. Albatta, Anxelning o'zi hech narsadan xabardor emas edi, lekin policiya agentning qo'ng'iroqlarini tekshiradi – va u muntazam ravishda jinoiy guruhlar vakillari bilan qo'ng'iroqlashib turadi. Kriminal guruhlarning to'rt etakchisi Korreaning o'yinini ko'rish uchun Boka bilan o'yinga keladi. Ushbu o'yinda istedodli yigit yorqin o'yin namoyish qildi va qaroqchilar Lapianani "olmos" topgani uchun maqtashadi.


Korreaning onasi farzandlari och qolmasligi uchun borini bag'ishlardi

Anxel Buenos-Ayresdagi "San-Lorenso" akademiyasiga ko'chib o'tishni istamagan. Do'stlari va onasi Marsela tufayli. Lekin u pul topishi kerakligini tushungan.



"Onam haqiqiy jangchi. Uyga olib kelgan pullarimni onam boshqargan. Bolaligimda E har doim och emasligini aytardi. Biz hammamiz (aka-uka va opa-singillarim bilan) ovqatlanardik va onam faqat mate (Janubiy Amerikadagi ichimlik) ichardi. Men o'ylardim: "Qanday qilib onam hech qachon och qolmaydi?

Ulg'aydanimda tushundim, onam har doim biz och qolmasligimizni istagan va hatto o'zi ham ovqat istemol qilmagan".

Onasi sababli u futbol o'ynashni boshlagan va uni birinchi marotaba futbol tomosha qilishga olib borgan.

2020 yil Anxel Korreaning onasi saratonga chalindi va Korrea uni qo'llab-quvvatlash uchun sochini oldirib tashladi va Instagramda shunday izoh qoldirdi.

"Sizning dushmaningiz jang maydonida dam olmaydi, u sizning tanangizga tegishi mumkin, lekin sizning ruhingiz dahlsizdir. Siz azob cheksangiz ham, ishonchingiz so'nmaydi. Ular sizga qarshilik qila olishmaydi, sizning ruhingiz kuchliroq.

Siz bu urushni engdingiz. Biz sizni yaxshi ko'ramiz, Onam", – deb yozgan u.

Kecha Korrea Argentina bilan jahon chempioniga aylandi va tarixda o'ziga xos iz qoldirdi.



Abdulvosit tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика