Olli Uotkinsning qiz o'rtog'i g'irrom yo'l bilan yigitiga sovrin olib bermoqchi
11 may 14:17
Yangiliklar
Olli Uotkinsning qiz o'rtog'i g'irrom yo'l bilan yigitiga sovrin olib bermoqchi
Bir necha kun oldin APLda mavsumnig eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati elon qilindi.
Ro'yxatdan joy olgan futbolchilar: Filip Foden («Manchester Siti»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Aleksander Isak («Nyukasl»), Martin Edegor («Arsenal»), Koul Palmer («CHelsi»), Deklan Rays («Arsenal»), Virdjil van Deyk («Liverpul») va Olli Uotkins («Aston Villa»).
Olli Uotkinsning qiz o'rtog'i Elli Alderson Teylor Svift muxlislari yordamida yigitiga APL futbolchisi sovrinini olib berishga urindi.
Qiz Uotkinsning quyidagi so'zlarini repost qildi: "Men Sviftning muxlisiman, har tong uning yangi albomini tinglayman!".
"Teylor Sviftning ajoyib muxlisi! U APLda mavsum futbolchisi sovriniga davogar bo'ldi, pastdagi havola orqali unga ovoz beraylik" - deyiladi Alderson yozgan postda.
Fikrlar
Abbosbek ga ovoz beringlar degan havolasi ham bor edi
hozir biz ovoz bersak girromlik qilgan bulamizmi
GIRROMLIK suzi shunchaki comentni kupaytirish uchun uylab topilgan gap