Ulug'bek Baqoev: "Yoshlar ishonchni oqlay olishmadi"
22 may 2017 20:49
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Yoshlar ishonchni oqlay olishmadi"
"Buxoro" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun yoshlarga imkoniyat berdik, afsus ular bugun ishonchni oqlay olishmadi. Yoshlarimiz bugungi o'yin haqida chuqur o'ylab ko'rishlari shart. Futbolda borini berib harakat qilish kerak. Men shu yoshlar o'rinbosarlar va o'smirlik futbolini esdan chiqarib oliy ligani his qilishlarini xohlayman. Hali imkoniyatimiz bor, javob uchrashuvida o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz", - deydi Baqoev.
"Buxoro" matbuot xizmati
"Buxoro" matbuot xizmati
Fikrlar