So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  3 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1

Asror Aliqulov: "Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita oladigan tarkibimiz bor" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita oladigan tarkibimiz bor"

O'zbekiston kubogining 2-turidan olgan "Mashal" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- "Buxoro" jamoasi bilan Pro-ligada ham to'qnash kelgandik. Asosan qarshi hujum taktikasiga asoslanib o'yin tashkil etadi. To'pni nazorat qilishga urindik, tezkor qarshi hujumlar qurboniga aylanmaslikka harakat qildik. Nazarimda biz bugun vazifamizni yaxshi uddaladik.

- "Mashal" yosh tarkib va rotaciyalar bilan OKMK bilan safar o'yinida g'alabaga erishgandi. Bugun o'z maydonida "Buxoro" bilan durang o'ynaganiga sabab nima? Olmaliqdagi o'yin natijasi tasodifmidi?

- O'sha o'yinda OKMK ustunligi sezilib turgandi. Biz yosh futbolchilar bilan raqibga bo'sh xududlar qoldirmaslikka urindik. Bu natijani tasodif deb ayta olmayman. Buni futbolchilarning maydonda harakatlari evaziga qo'lga kiritilgan yutuq deb aytsa bo'ladi.

- Navbatdagi turda "Aral akademiya" bilan o'ynaysizlar. Bu jamoaga OKMK 16 ta gol urdi, "Buxoro" 7 ta. SHundan kelib chiqsak, "Mashal" nechta gol urmoqchi?

- Buni oldindan aytib bo'lmaydi albatta. Biz ushbu o'yin orqali "Xorazm"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Hozir natija haqida gapirish noto'g'ri, biz g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- "Mashal"ning kubok uchrashuvlaridagi rejasi qanday?

- Oldindan qandaydir vadalar bermoqchi emasmiz. Biz OKMK bilan o'yinda g'alabaga erishdik, balki ular bizga nisbatan bepisand qaragandir. Biz xato va kamchiliklar ustida ko'proq ishlasak, natija yaxshi bo'ladi.

- O'zbekiston U-23 terma jamoa futbolchilariga qanday fikrlarni bildirgan bo'lardingiz?

- Biz ularga ishonamiz. Terma jamoamiz yigitlari ko'zlangan maqsadga albatta erisha olishadi. Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita oladigan tarkibga egamiz. Biz, butun O'zbekiston ahli U-23 terma jamoamiz vakillariga omad tilashayotganiga shubha yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика