"Manchester Yunayted" va "Milan" belgiyalik iqtidor uchun kurashmoqda
28 iyu 2017 09:05
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" va "Milan" belgiyalik iqtidor uchun kurashmoqda
"Anderlext" jamoasining 22 yoshli yarim himoyachisi Leander Dendonker bir qator jamoalar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
Belgiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Milan" hamda "RB Leypcig" klublari qiziqish bildirishmoqda.
Har uchala klub skautlari Belgiya chempionatining dastlabki turida Dendonkerning o'yinini kuzatish maqsadida stadionga tashrif buyurishadi.
"Anderlext" Dendonkerni 25 million evrodan qimmatroqqa sotishni mo'ljallamoqda.
Fikrlar