So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'Zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Husayn Norchaev uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Bugungi tarixiy g'alaba bilan halqimizni tabriklaymiz. Xudoga shukr, qiyin uchrashuvda chiroyli g'alaba qozondik. Maydonda raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadik. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Husayn Norchaev

- O'yin haqida  

- G'alaba bilan tabriklayman. G'alabag'a uzoq vaqt davomida intilib kelgandik. O'z yurishimizni davom ettiramiz.

- Bugungi uchrashuv juda ham emociyalarga boy bo'ldi. Arab terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlar har doim provokaciya va janjallarga boy bo'ladi. Birinchi daqiqalaridanoq raqib futbolchilari  bizga nisbatan juda qo'pol o'ynashdi. Biz futbolchilarimiz ham hissiyotga berilib javob qaytara boshlashdi. Tanaffusda ushbu holatni to'g'irlash uchun yigitlarga nimalar dedingiz?

- O'yindan avval yigitlarga bunday holatlar ro'y berishini mumkin deb ogohlantirib qo'ygandim. Har xil vaziyat bor va har narsa ro'y berishi mumkin edi. Yigitlarga sovuqqon bo'lishni talab qildim. Yigitlar maydonda faqat futbol haqida o'ylashdi. Biz futbol bo'yicha raqibdan ustun ekanligimizni bilar edik. Birinchi bo'lim so'ngida hisobda oldinga chiqib olgandik. Ikkinchi bo'limda ular shunday o'ynashda davom etishdi va qizil kartochka olishdi.

- Indoneziya yarim finalda to'qnash kelishingizni kutganmidingiz va Indoneziya terma jamoasining kuchli jihatlarini sanab o'tsangiz? 

- Ushbu musobaqada kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Janubiy Koreya kabi kuchli terma jamoani taslim etishdi. Biz Indoneziyani o'rganib chiqamiz. Maqsadimizga erishish uchun yana bir qadam qoldi. 

Husayn Norchaev

- Saudiya Arabistoni bilan juda ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Bugungi saudiya terma jamoasi sizlarga qandaydir yangilik taqdim eta oldimi?

- Saudiya jamoasini yaxshi taniymiz. Ularni yaxshi o'rganib chiqdik va shu sabab ularni mag'lub etdik. Biz saudlarni ko'p o'rganganmiz  

- Jamoangiz musobaqada hali gol o'tkazib yubormadi. Buni qanday uddalayapsizlar va bu qanchalik sizlarga ishonch bermoqda?

- Biz yaxshi himoyalanmoqdamiz va bunda butun jamoaning hissasi katta. Himoya hujumdan boshlanadi va barcha futbolchilar himoya uchun yaxshigina ter to'kishmoqda.

Husayn Norchaev

- Finaldagi mag'lubiyatning alamini oldingizlar. Bugungi g'alaba keyin nimalarni his etmoqdasiz?

- G'alaba qozonganimiz juda yoqimli. Asosiy maqsadimiz sari yana bitta qadam tashladik. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday o'yin namoyish etishni niyat qilganmiz. O'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak.


Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика