Manchester Yunayted xodimlardan pul tejashni yana bir yo'lini topdi
26 apr 10:13
Yangiliklar
Manchester Yunayted xodimlardan pul tejashni yana bir yo'lini topdi
Yangi rahbariyat xodimlar uchun berilgan imtiyozlarni olib tashlashda davom etmoqda.
Avvallari MYUning 1100 nafar xodimining final uchrashuvlari uchun borishi va qaytishi, tushlik va kechki ovqat uchun ketadigan pullari to'lab berilgan.
Biroq yangi rahbariyat bu qoidalarni o'zgartirishga qaror qildi. Yangi qoidalarga ko'ra faqatgina kubok finalini ko'rish uchun beriladigan chiptalar bepul tarqatiladi. Londonga borib kelish uchun tashkil etiladigan avtobuslar uchun 20 funt olinadi. Qolgan barcha imtiyozlar esa bekor qilingan.
Fikrlar