"Portu" Serjiu Konseysau bilan shartnomani uzaytirdi. Unga "Milan" qiziqayotgandi
26 apr 14:49
Yangiliklar
"Portu" Serjiu Konseysau bilan shartnomani uzaytirdi. Unga "Milan" qiziqayotgandi
Bosh murabbiy 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.
"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau bilan kelishuvni uzaytirdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.
Xabarga ko'ra, "ajdarlar" va 49 yoshli Konseysau o'rtasidagi yangi bitim 4 mavsum – 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. SHu tariqa mutaxassis butsalarini mixga ilgach, uy klubida o'n yildan ortiq vaqt davomida ishlagan bo'ladi.
Oldinroq Serjiu Konseysauga Italiyaning "Milan" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar