So’nggi yangiliklar

16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  0 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" (матнли трансляция)  0 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" (онлайн ҳисоб)  1 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  3 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  48 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  6 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  5 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  3 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0

Daniyar Xazimuratov: “Instat kompaniyasi O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonadi” Yangiliklar

Daniyar Xazimuratov: “Instat kompaniyasi O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonadi”

InStat kompaniyasi 10 yil davomida butun dunyo bo'yicha futbol o'yinlaridagi chuqurlashtirilgan statistik malumotlarni taqdim etib kelmoqda.

Futbolchilarning maydondagi harakatlari, futbolchilarning jismoniy faolligi, analitik materiallar, video analiz va futbolchilar izlash uchun zamonaviy qurilmalar, o'yinlarni tasvirga tushirish uchun avtomatlashtirilgan unikal texnologiya – bularning barchasi InStat’da mujassam.

Ayni paytda 1300dan ortiq futbol klublari va terma jamoalar ushbu kompaniya xizmatlaridan foydalanmoqda. Ular orasida Franciya terma jamoasi yoki “RealMadrid” kabi top-jamoalar bilan birga Rossiya yoki Ispaniyaning quyi divizionlarida o'ynayotgan klublar ham bor. InStat O'zbekiston terma jamoasi va bir qator klublar bilan ham ishlaydi.
 
Biz InStat kompaniyasining O'zbekistondagi vakili Daniyar Xazimuratov bilan uchrashib undan terma jamoamiz va klublarimiz bilan hamkorlik to'g'risida intervyu oldik.



InStat faqat O'zbekiston oliy liga klublari bilan ishlaydimi?
- InStat kompaniyasi 2012 yildan boshlab O'zbekiston chempionatidagi faoliyatini kengaytira boshlagan. Hozirga kelib biz oliy ligadagi barcha o'yinlarni tahlil qilamiz. Bundan tashqari biz “Bunyodkor” FK, “Lokomotiv” FK, “Paxtakor”FK va “Mashal” FK bilan rasmiy hamkorlik qilamiz. Bu jamoalar bizning hisobotlarimizdan unumli foydalanib kelishmoqda. Video platforma va statistik analiz faqat o'tgan o'yin tahlili uchun emas, navbatdagi raqibni o'rganishda ham katta yordam beradi. Masalan, keyingi raqib jamoa standart vaziyatlarni qanday amalga oshiradi yoki ularning shtatli penaltichisi 11 metrli jarima to'plarini qaysi nuqtalarga tepishini ham bilib olish mumkin.

Takidlash lozimki, O'zbekistondagi bizning mijozlarimiz Osiyo chempionlar ligasi bahslariga tayyorgarlikda ham InStat platformasidan unumli foydalanib kelishmoqda. Bu mavsumdan boshlab biz O'zbekistoning birinchi liga klublari bilan ham ishlashni boshladik. Keyingi rejalarimizda klublarning akademiyalari bilan hamkorlik olib borish turibdi. Klubning butun tizimini qamrab olish bu juda ham muhim.

- O'zbekiston terma jamoasi bilan hamkorlik haqida gapirib bering.
- Bu hamkorlik bilan faxrlanamiz! Biz 2015 yildan buyon terma jamoa bilan ishlab kelayapmiz.Eng asosiysi biz raqib haqida faqat rasmiy o'yinlar emas balki o'rtoqlik uchrashuvlari borasida ham tahlil yuboramiz. Bundan tashqari, terma jamoa futbolchilarining turli chempionatlardagi ko'rsatkichlarini ham yig'ib boramiz,bu esa bosh murabbiyga milliy terma jamoaning asosiy tarkibini aniqlashda yordam beradi. Aytgancha, InStat kompaniyasi ham,shaxsan o'zim ham O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada o'tadigan 2018 yilgi Jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman.

- InStat boshqa sport turlarida ham ishlaydimi?
- Albatta. Bizning kompaniya birinchi navbatda futbol bilan ishlaydi.FranciyavaIspaniya term jamoalari, “CHelsi”, “Liverpul”, “Real Madrid”, “Barselona”va boshqa grand jamoalar biz bilan ishlashlaridan faxrlanamiz. 2016 yilda kompaniya futboldagi tajribasini boshqa sport turlariga ham olib o'tishga qaror qildi: shu tariqa futzal, muz ustida xokkeyva basketbol bo'yicha loyihalar paydo bo'ldi. Birinchi yilning o'zidayoq oldinga katta qadam tashladik. Masalan,futzaldagi hamkorlarimiz: Rossiya, Portugaliyava Braziliya terma jamoalari, Italiya oliy ligasi va Rossiya premer-ligasibir qator klublari. Aytmoqchi,ayni paytda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bilan muzokara olib borayapmiz.Bu jamoa o'yinlarini Kolumbiyadagi mundial vaqtida test rejimida tahlil qilib chiqqan edik. Umid qilamizki, yaqin vaqt ichida xuddi futbolda bo'lgani kabi futzalda ham terma jamoaingiz bilan hamkorlikni boshlaymiz.

- InStat’ning skaut platformasiyangi futbolchilar qidirish va o'z jamoingizdagi futbolchini boshqalarga tavsiya qilishda qanday yordam beradi?
- Javobning bir qismi savolning o'zidayoq bor. Skaut platformasidagibizning bazada 300 ming professional futbolchilar mavjud, undan esa 4000 skaut va agentlar foydalanishadi.InStat tufalyi ular anchagina vaqtni tejashadi, futbolchining harakatlarini ko'rish uchun dunyoning boshqa chekkasiga borish shart emas.
Klubo'zi uchun kerakli joyga futbolchi izlashi mumkin. Masalan, chap oyog'i kuchli va 21 yoshdan kichik bo'lgan futbolchi qidirish mumkin. Ko'rsatkichlar soni juda ko'p,ular orqali nafaqat kerakli futbolchini topish, balki uning so'nggi o'yinlarini tomosha qilish imkoniyati ham bor.

Boshqa klublarning skautlarivafutbol agentlari klubingiz futbolchisiga qiziqib qolishi esa shu holatning teskarisi orqali amalga oshadi.



- InStat’ning ishlash principi haqida gapirib bering,o'zbek klublari ishtirokidagi o'yinlardan qanday qilib malumotlar olasiz?
- InStat’ning ishlash principi o'yin videoyozuvi asosida bahs analiz va uchrashuvni to'liq tahlil qilish hisoblanadi. Dastlab biz klub operatorlaridan o'yinlar videosini olar edik, ammo ular videolarni kechikish va juda yomon sifatda yuborishardi. SHunda o'ylab qoldik: nima uchun o'yinlarni o'zimiz videoga olmaymiz? Hozir InStat shtatdan tashqari operatorlar yordamidahaftasiga 100ga yaqin o'yinlarni videoga oladi.

Videobaza to'plangach biz u qadar mashhur bo'lmagan ligalarda o'ynayotgan futbolchilar borasida eksklyuziv malumotlarga ega ekanligimizni tushundik. Ularni agentlar bilishmaydi, top-chempionatlar skautlari bu futbolchilarni kuzatishmaydi, ammo bu erda mashhur futbolchilar bo'lishi mumkin. 2010 yilda InStat’dafutbolchilarning yagona skaut platformasipaydo bo'lgan. Unda har bir futbolchining statistikani ko'rish mumkin, uning kuchli va kuchsiz tomonlari, uning TTH videosini tomosha qilish mumkin. Bu platforma orqali klub o'ziga kerakli futbolchini topishi mumkin: masalan, Serbiyada o'ynaydigan uchrashuv davomida 10dan ortiqa havodan to'p uzatadigan qanot himoyachisi. Dastur shunday futbolchilarni taqdim etadi, xatto ikkinchi va uchinchi ligalarda o'ynaydiganlar ham bu ro'yxatda bo'ladi.

Biz InStat’ning hamkorlaridan biri bo'lgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi vakillarining ushbu kompaniya haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Toshkentning "Bunyodkor" klubi Instat kompaniyasi bilan 2016 yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz. InStat biz murabbiylarga shogirdlarimiz qanday o'ynagani haqida batafsil malumot beradi, bu har bir futbolchining harakatlarini o'rganib chiqish va xatolar ustida ishlashga yordam beradi. InStat "Bunyodkor" akademiyasida tahsil olayotgan yosh futbolchilarning mahoratlarini oshirishga ham xizmat qiladi. InStat har bir raqibga qarshi alohida taktika tuzish imkonini beradi", deydi "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan.

"Instat malumotlari orqali jamoamiz murabbiylar shtabi o'tkazilgan uchrashuvlarda futbolchilarning harakatlarini kuzatishadi. Bundan tashqari keyingi raqiblarimizni o'rganishda ham Instat bizga juda katta yordam beradi. Ushbu kompaniya bilan hamkorligimiz bundan keyin ham davom etadi deb o'ylayman", - deydi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati vakili Bahodir Mirzaev.

Bahodir Mirzaev Instat malumotlarini o'rganish jarayonida


Championat.asia sayti InStat kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettiradi. Keyingi haftada O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralashi doirasidagi oxirgi ikkita o'yinlarining (Suriya va Qatar) to'liq tahlili o'quvchilarimizga taqdim etiladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика