Zyule ortidan "Bavariya"ning yana bir muhim futbolchisi uzoq vaqtga safdan chiqdi
23 okt 2019 13:20
Yangiliklar


Zyule ortidan "Bavariya"ning yana bir muhim futbolchisi uzoq vaqtga safdan chiqdi
"Bavariya" markaziy himoyachisi Lyuka Ernandes to'pig'idan olgan jarohati sabab uzoq vaqtga safdan chiqdi.
ECHL 3-turi doirasidagi "Olimpiakos" (3:2) qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich bu haqda malum qildi.
"U ancha vaqtga safdan chiqdi. Ko'rinib turibdiki, bir haftaga emas", - deydi Salixamijich.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" yaqinda asosiy markaziy himoyachilaridan biri Niklas Zyuleni mavsum oxiriga qadar yo'qotgan edi.
Lyuka Ernandes joriy mavsum 9ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar