So’nggi yangiliklar

20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  454 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  59 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   2 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  6 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  5 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  54 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  2

Zoirbek Jo'raboev: “Tojikistonda ham “Navbahor” muxlislari ko'p” Yangiliklar

Zoirbek Jo'raboev: “Tojikistonda ham “Navbahor” muxlislari ko'p”

2018 yili “Metallurg”dagi qisqa faoliyati davomida ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan Tojikiston milliy terma jamoasi azosi Zoirbek Jo'raboevdan “Interfutbol”gazetasi muxbiri intervyu oldi.

Suhbat davomida tojikistonlik futbolchi yurtimiz futboli, shuningdek, “Navbahor” va unda to'p surayotgan vatandoshi, jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe borasida ham to'xtalib o'tdi.

Takidlash joizki, Zoirbek “Navbahor”da 2019-2020 yillarda o'ynagan Amirbek Jo'raboevning ukasi.

Quyida o'sha suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- O'tgan yil sizni “Istiqlol” safida ko'rdik. Bilishimizcha, hozir ham dushanbeliklar bilan birgasiz, shundaymi?

- Ha, hamon “Istiqlol”daman. Jamoa bilan yana 1 yillik shartnomam bor. Bizda 11 fevral kuni futbol federaciyasi kubogi start oldi va ayni payt mazkur musobaqada ishtirok etyapmiz. SHuning barobarida mavsumoldi yig'inlari ham reja asosida davom etyapti. Yaqin orada mashg'ulotlar Turkiyaga ko'chadi. Maqsad - OCHLga puxta tayyorgarlik ko'rish.

- Karantin sharoitida o'tgan 2020 yilgi mavsum shaxsan siz uchun qanday kechdi?


- Umumiy xulosa chiqarganda, hammasi yaxshi bo'ldi. Zero, “Istiqlol” bilan chempionlikni tantana qildik, o'zim etarlicha o'yinlarda maydonga tushdim. Biroz yoqmagan tomoni - bu o'yinlarning muxlislarsiz o'tkazilgani. Lekin ijobiy voqeliklar ham talaygina. Masalan, karantin tufayli ko'plab milliy chempionatlar to'xtab qoldi, bizda esa o'yinlar davom ettirildi. Natijada hattoki, Evropa mamlakatlarida ham Tojikiston futbolini kuzatishdi.

- “Istiqlol”ning OCHL-2021 guruh bosqichidagi raqiblari ancha jiddiy. Bo'lajak uchrashuvlar haqida nima deya olasiz?


- Ha, nihoyatda kuchli jamoalar bilan bir guruhga tushdik. Misol uchun, Saudiyaning “Al-Hilol” klubi OCHLning doimiy favoriti hisoblanadi. “SHabab Al-Ahli” ham tarkibini saviyali futbolchilar bilan boyitib bormoqda. Jumladan, yaqinda hamyurtingiz Jaloliddin Masharipov, qolaversa, qitamizdagi yana bir nomdor futbolchi Umar Abdulrahmon hisobiga kuchaydi. Guruhdagi 4-raqib saralash bosqichidan keyin malum bo'ladi - AGMK yoki “Al-Garafa”. SHaxsan men guruhimizga Olmaliq klubi qo'shilishi tarafdoriman. Zero, OCHLda Markaziy Osiyodan qancha ko'p jamoa qatnashsa, shuncha yaxshi - bu mintaqa futboli rivojiga qo'shimcha turtki berishi tayin.

- 2018 yili “Metallurg”da chakki o'ynamadingiz. O'shanda mutaxassislar o'zbek futbolida uzoq vaqt qolishingizni taxmin qilishgandi. Biroq keyingi mavsum “Istiqlol”ga qaytdingiz. Bunga biror jiddiy sabab bormidi yoki...?


- To'g'risi, masala mohiyatini ipidan ignasigacha aytolmayman. O'ylashimcha, “Metallurg”da darhaqiqat, yaxshi o'ynaganman. Hattoki, 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rish jarayonida klubning Turkiyadagi yig'inida ham ishtirok etdim. Biroq u erda ayrim masalalarda muammolar yuzaga keldi va jamoa rahbariyati amaldagi shartnomani bekor qilish taklifini o'rtaga tashladi. Yashirmayman, oldimda O'zbekistonning boshqa klublariga o'tish varianti ham bor edi, ammo yangi uylanganimni o'ylab, barcha takliflarga rad javobi berdim. Qisqasi, “Istiqlol”ga aynan oilaviy sabab bilan qaytdim.

- “Metallurg”dagi faoliyatingiz davomida o'zbek futboli bilan yaqindan tanishdingiz. Aytingchi, ikki mamlakat futbolidagi asosiy farq nimalarda ko'zga tashlanadi?


- Tan olish kerak, hozircha o'zbek futboli nisbatan oldinda. Muhimi, Tojikiston futboli ham oxirgi yillarda yaxshigina oldinga siljidi. Buni milliy jamoamiz qayd etayotgan natijalar ham ko'rsatib turibdi.

- Tojikiston termasi vakili Ehsoni Panshanbe “Navbahor”da munosib to'p surmoqda. Mamlakatda u va “Navbahor” haqida qanday fikrdalar?


- Ha, “Navbahor” so'nggi ikki yildan buyon tojikistonlik futbolchilarga etibor qaratmoqda. Buning samarasi o'laroq, tojikistonlik muxlislarda “Navbahor”ga qiziqish ancha ortdi, hamyurtlarim jamoa o'yinlarini kuzatib borishmoqda. O'tgan yil Namanganda akam Amirbek Jo'raboev ham to'p surdi. Endi Ehsoni chakki taassurot qoldirayotgani yo'q. Unga va jamoasiga yangi mavsumda omad tilayman, albatta, “Navbahor”ni kuzatishda davom etamiz.

- Bilishimizcha, Ehsoni bilan yaxshi munosabatda ekansiz. Xo'sh, uning “Navbahor”dagi faoliyatini qanday baholaysiz?


- Ha, Ehsoni eng yaqin do'stlarimdan biri, ikkimiz juda yaxshi chiqishamiz. Deylik, u bilan muntazam ravishda gaplashib turibman. Terma jamoamizning oxirgi yig'inida ham vaqtni asosan birga o'tkazdik. SHaxsiy fikrimcha, Ehsoni “Navbahor” safiga qo'shilib, to'g'ri qildi. Har holda, uning o'yinida yaqqol o'sish sezildi. O'ylaymanki, do'stim yangi mavsumda yanada kuchliroq o'ynab, jamoasi etakchilari qatoriga kiradi.

- Bu yil O'zbekiston vakillaridan “Nasaf” yoki AGMK OFK kubogida Tojikistonning “Xo'jand” klubi bilan bitta guruhda bahs olib boradi. Bu jamoa haqida kengroq malumot bera olasizmi?

- “Xo'jand” so'nggi 3-4 yilda milliy birinchilikda sovrinli o'rinni egallamoqda. OFK kubogida ishtirok etish tajribasi ham etarli. Adashmasam, “Xo'jand” mazkur turnirda jami 6 marta qatnashgan. Jamoa bu yil ham tarkibini ancha kuchaytirib oldi nazarimda. Umuman, o'ylaymanki, xo'jandliklar xalqaro turnirda duch kelgan raqibga munosib qarshilik ko'rsata olishadi.

- O'zbek tilida juda ravon gaplashyapsiz. Bu tilni qachon o'rgangansiz?

- Menimcha, Tojikiston aholisining chamasi 30 foizini o'zbeklar tashkil etishadi. Jumladan, biz ham o'zbeklar oilasidanmiz. Ajdodlarimiz bu erga taxminan 100 yil oldin ko'chib kelishgan ekan. Xullas, o'zbek tilini bilishimning g'ayrioddiy tomoni yo'q.

- Hozir Tojikiston milliy jamoasini hamyurtimiz Usmon Toshev boshqarmoqda. Aytingchi, uning faoliyati vatandoshlaringizni qanoatlantiryaptimi, muxlislarning umumiy munosabatlari qanday?


- Muxlislar qarashi hamisha bir xil - jamoa g'alaba qozonsa, murabbiy yaxshi, aks holda, u yomon... SHaxsiy fikrimga kelsak, terma jamoamiz Usmon Toshev qo'l ostida o'sishga erishdi. To'g'ri, o'rtoqlik uchrashuvlarida mag'lubiyatlar kuzatildi, lekin raqiblar kuchli edi. Masalan, oxirgi uchrashuvlarda BAA, Bahrayn va Iordaniya termalari bilan o'ynadik.

- Umuman olganda, Toshev Tojikiston termasida nimalarni o'zgartirdi, mahalliy murabbiylardan farqli tomonlari bor ekanmi?


- Usmon aka jamoaga total futbol uslubini singdirishga urinmoqda. Demoqchimanki, u jamoa o'yiniga yangicha uslub olib kirdi. Aynan Toshev qo'l ostida asosan uzatmalar orqali o'ynashni yanada yaxshiroq o'zlashtirdik. Bundan tashqari, murabbiyimiz qaysi raqibga duch kelishdan qatiy nazar, o'z o'yinimizni ko'rsatishimizni talab qilmoqda va bu borada ham ijobiy o'zgarish yo'q emas.

- “Metallurg”ning o'tgan yilgi o'yinlarini kuzatdingizmi? Sobiq jamoangiz haqida fikringiz qanday?


- “Metallurg”dan ketganimga ancha bo'lganiga qaramay, hamon jamoa natijalarini imkon qadar kuzatib boryapman. Adashmasam, “Metallurg” qatorasiga 2 yil 5-o'rinni egalladi. SHuni nazarda tutsak, o'tgan yilgi natija biroz pasaydi. Har holda, men o'ynagan davrda jamoa oldiga kamida kuchli oltilikka kirish vazifasi qo'yilardi. O'tgan mavsum esa jamoa buni uddalolmadi.

- O'zbek futbolida sizga yoqmagan jihatlar ham bo'lganmi?

- Yo'q, bunday holatlarga duch kelmaganman, to'g'risi, eslolmayman. Menimcha, hammasi joyida edi.

- O'zbek muxlislariga tilaklaringiz...


- Ularga aytadiganim - xoh terma jamoa, xoh klub bo'lsin, yaxshi-yomon kunlarda futbolchilarni birdek qo'llab-quvvatlashsin. Zero, har bir futbolchi avvalo, muxlislarni quvontirish uchun o'ynaydi va ularning daldalariga ehtiyoj sezadi.



REKLAMA



Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика