Zoir To'raqulov: “Har bir ochkoning qiymati oltinga teng”
21 sen 2013 23:27
Yangiliklar
Zoir To'raqulov: “Har bir ochkoning qiymati oltinga teng”
“Olmaliq” va “SHo'rtan” jamoalari uchrashuvi yakuniga etgach, “Oq bo'rilar” ustozi o'z fikrlarini quyidagicha bildirib o'tdi:
- Ayni paytda chempionat muhim pallaga kirib bormoqda. SHu bois qo'lga kiritiladigan har bir ochkoning qimmati oltinga teng bo'lishi shubhasiz. Bugun biz garchi, durang natijaga erishgan bo'lsak-da, safarda aynan oltinga teng bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik. Ayniqsa, bu ochko “Olmaliq”dek kuchli jamoa bilan uning maydonida katta mehnat va urinishlarimiz evaziga ishlab topilgani ahamiyatlidir. SHu bois yigitlarga rahmat aytaman. SHu o'rinda fursatdan foydalanib, klub rahbariyati, murabbiylar guruhi, futbolchilar va muxlislar nomidan tajribali yarim himoyachimiz Ibrohim Otaxonovni tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklayman.
“Bunyodkor” va mana bugun “Olmaliq” bilan muvaffaqiyatli o'ynaganligimiz, yigitlarimizning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini qaytardi va endi bu yog'iga faqat va faqat maksimal natija uchun harakat bo'ladi. “SHo'rtan” albatta, Oliy ligada qolishi kerak.

Fikrlar