So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Zoir Jo'raboev: "CAFA musobaqasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda" Yangiliklar

Zoir Jo'raboev: "CAFA musobaqasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda"

Ayni vaqtda Toshkentda davom etayotgan "CAFA Nations Cup-2023" musobaqasida ishtirok etayotgan Tojikiston terma jamoasi azosi Zoir Jo'raboev musobaqa va shaxsiy faoliyati haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi marotaba o'tkazilayotgan "CAFA Nations Cup-2023" musobaqasi haqida fikringizni aytsangiz. Raqiblar va bo'lib o'tgan o'yinlar hamda oldindagi raqib haqida...

- Albatta, ushbu musobaqaga keladigan bo'lsak, juda qiziqarli davom etmoqda. O'zi har doim qo'shnilarimiz bilan o'yinlarda maydonga tushishning o'zi maroqli bo'lib kelgan. Musobaqa boshlanib bo'ldi. Birinchi o'yinda ham, ikkinchi o'yinda ham durang qayd etdik. Turkmaniston termasi bilan uchrashuv davomida ustunlik qildik, ammo bitta qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik. Qolaversa, o'yin davomida bir nechta vaziyatlarni ko'kka sovurdik. O'mon termasiga qarshi o'yin ham xuddi shunday o'tdi. Oldindagi raqibda esa kuchli va mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Albatta, ushbu jamoaga ham etarlicha tayyorgarlik qilamiz va ijobiy natija qayd etamiz.

Yangi murabbiy qo'l ostida ushbu musobaqada, qolaversa, Osiyo Kubogida qanday maqsadlar ko'zlanmoqda?

- Ayni vaqtdagi musobaqa barcha uchun Osiyo Kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda. Qolaversa, barcha uchrashuvlar qizg'in va kurashlarga boy o'tmoqda. SHunday ekan, musobaqada iloji borija yaxshi natja qayd etishimiz kerak. Osiyo Kubogida esa kamida guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Albatta, Osiyo Kubogida ham bor kuchimiz bilan iloji boricha uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. 

- Endi shaxsiy faoliyatingiz haqida suhbatlashsak. Nega “Surxon” jamoasidan ketdingiz va nega aynan "Neftchi"ni tanladingiz? Sababi "Neftchi" jamoasiga kelgan murabbiy Vitaliy Levchenko bilan bog'liqmi?

- Bilasizmi, aslida "Neftchi" jamoasi menga o'tgan yili yozda taklif bilan chiqqandi. Lekin "Surxon" jamoasi meni qo'yib yubormadi. Keyinchalik qishki transferda men "Neftchi" bilan shartnoma imzoladim. Vitaliy Levchenkoning kelishi ham albatta "Neftchi" jamoasiga kelishimga sabablardan biri bo'lgan. 

- "Neftchi" jamoasi mavsum boshini yuqori darajada boshladi. Jamoa bir necha tur turnir jadvalida peshqadam ham bo'lib turgandi. Lekin oxirgi turlarda jamoa duranglarni kupaytirib yubormadimikan?

- To'g'ri, mavsum boshida g'alabalar va turnir jadvali biz uchun qoniqarli edi. Lekin oxirgi turlarda ko'plab durang natijalar barchani hayron qoldirmoqda. Oxirgi uchta o'yin ham biz kutgan natija bilan yakunlanmadi. "Turon" jamoasi bilan juda yaxshi o'yin o'tkazayotgandik, lekin keraksiz vaziyatda gol o'tkazib yubordik. "Buxoro" jamoasi bilan esa keraksiz penalti evaziga g'alaba durangga aylandi. "Surxon" bilan ham xuddi shunday. Lekin, ishonamizki, oldinda turgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonamiz va "Neftchi" turnir jadvalida oldingi o'rniga qaytadi.


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика