So’nggi yangiliklar

04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  5 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  14 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  6 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  2 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8

Zohir Pirimov: “Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz” Yangiliklar

Zohir Pirimov: “Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz”

Teglar :  Zohir PirimovSurxon
Superliganing 21-turida “Surxon” o'z maydonida “Navbahor”ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Bu g'alaba orqali klub Superligada qolish uchun kurashga qaytdi. “Navbahor”ga qarshi o'yindan so'ng “Surxon”ning etakchi futbolchisi Zohir Pirimov bilan suhbatlashib, uning taassurotlariga quloq tutdik.

- Muxlislarimizni stadionga qaytgani tufayli va ular qarshisida to'p tepayotganimizdan kelib chiqib, g'alaba qozonmasak bo'lmasdi, - deya so'z boshladi Pirimov. Qolaversa, turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib, uyda “Navbahor”ni mag'lub eta olmasak, vaziyatimiz yanada qiyinlashardi. SHu jihatlarni inobatga olib, maydonga tushdik. So'nggi daqiqalarga qadar yuqori ishtiyoq va harakter evaziga g'alabaga erishdik.

- “Surxon”ning barqaror o'yin ko'rsata olmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?


- Bir tekis o'yin ko'rsatishimiz uchun vaqt kerak. Tarkib borasida ko'plab o'zgarishlar kuzatildi, ularni butunlay jamoa o'yiniga moslashib ketishiga vaqt kerak. Garchi, “Surxon” bazi o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, o'yin jihatidan raqibdan aslo qolishgani yo'q. Bazida g'alaba qozonish uchun omadimiz kelmayapti.

- Ketma-ket ochkolarni boy berish sababli klubning ichki muhitida muammolar yuzaga kelmadimi?


- Ochig'i, mag'lubiyatlar jamoaning ruhiyatiga tasir qiladi. Lekin ichki muhit borasida muammolar yo'q. Barchamiz vazifamizni bajarish uchun mashg'ulotlarda, o'yinlarda tinimsiz mehnat qilyabmiz. “Navbahor” ustidan qozonilgan g'alaba esa bizni yanada ko'proq oldinga intilishimizga sabab bo'ladi. Ruhiy tomondan ham qo'shimcha kuch beradi.




- “Navbahor”ni mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa-da, “Surxon” haligacha xavfli zonada. Qolgan olti o'yinda jamoangiz Superligada qolish vazifasini uddasidan chiqadimi?


- Barchada imkoniyat bor. Hech bir klub Superligadan tushib ketishni istamaydi. Umid qilamanki, biz kelgusi turlarda ijobiy natijalar ko'rsata olsak, Superligada qolishni uddasidan chiqamiz. “Surxon” bu vazifani bajarishiga ishonaman.

- Joriy mavsumda o'zingizning harakatlaringizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?


- Mavsum men uchun yomon o'tgani yo'q. O'rtada biroz jarohat olib, bir nechta o'yinlarda jamoaga yordam bera olganim yo'q. Hozirda hammasi yaxshi va mavsum yakuniga qadar “Surxon”ga yordam berib, Superligada qolishni uddasidan chiqsak, bundan mamnun bo'lardim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика