So’nggi yangiliklar

13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  0 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  3 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  17 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  13

Zlatko Dalich: "Qarshidan uch ochko bilan qaytmoqchimiz" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Qarshidan uch ochko bilan qaytmoqchimiz"

OCHL "D" guruhining 5-tur o'yini "Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Zlatko Dalich ishtirok etdi.


"Qarshiga yaxshi o'yin namoyish etib, qoniqarli natijani qayd etish maqsadida tashrif buyurdik. Har ikkala jamoa kuchli, ammo biz guruhdan chiqish uchun uch ochko olishimiz lozim bo'ladi. Bizning o'z maqsadlarimiz va rejalarimiz mavjud. O'zbekistonda o'ynash tajribasi bizga qo'l keladi deb o'ylayman. Ertaga jamoamiz keskin, murosasiz o'yin ko'rsatadi. "Nasaf"ni hurmat qilamiz, ammo biz g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz. OCHLni muvaffaqiyatsiz boshlashimizni hech kim kutmagandi. "Al Jayish" bilan bo'lgan o'yinlar juda qiyin kechgandi. Xatto o'z maydonimizdagi bahsni ularga boy bergandik. Ammo tezda vaziyatni o'nglab, keyingi ikkita uchrashuvda "Al Ahli"ni mag'lub etdik va imkoniyatlarimizni yaxshilab oldik. Ammo hozirga qadar to'plagan ochkolarimiz etarli emas. SHu bois "Nasaf" bilan bo'ladigan bellashuvlarda ochkolarimizni to'ldirib olmoqchimiz. Lekin shuni qayd etishim mumkin, ularga qarshi o'yinlar ham oson bo'lmasligini bilamiz. OCHLda barcha jamoalar o'z mamlakatlari shanini munosib himoya etishni ko'zlashadi. Bizning vazifa ham shundan iborat. OCHLdagi maqsadlarimiz yuqori. Ertangi o'yinda diskvalifikaciyasi tufayli Muhammad Abdurahmon ishtirok eta olmaydi", - dedi Zlatko Dalich.

- "Nasaf"ning zaif va kuchli tomonlari aynan qaysi chiziqda deb o'ylaysiz?

- "Nasaf" mavsumni yaqinda boshladi. Bizda esa mavsum deyarli tugadi. SHu bois jamoalarning hozirgi holati birmuncha farq qilishi tabiiy. "Nasaf"ning yaqinda mamlakat chempioni "Paxtakor"ga qarshi o'yinidan xabardormiz. Kuchli jamoaga qarshi ular safarda bir ochko olishni uddasidan chiqishdi. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Ular asosan qanotlar orqali harakat qilishadi. "Nasaf"ning qanotlari tez. Ammo biz ularga qarshi o'z o'yin uslubimizdan harakat qilamiz. Futbolda natija muhim. Ammo stadionga kelgan muxlislar futbol ko'rishni xohlaydi. SHu bois nafaqat natija, balki ishqibozlarning manfaatini ham o'ylaymiz. Mening falsafam, chiroyli futbol orqali natijani qo'lga kiritish. Futbolda muxlislarning o'rni beqiyos. Biz ularni o'ylashga majburmiz. SHaxsan men uchun natijadan ham ko'ra chiroyli va sifatli futbol o'ynash muhim.


Li Myong Ju: Uyga uch ochko olib qaytishga harakat qilamiz. Bizni muhim bahs kutib turibdi. O'zbekistondan BAAga g'alaba bilan qaytish kun tartibimizdan o'rin olgan. Ishonamanki, ertaga ko'zlangan maqsadimizga erishamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика