Zlatan Ibragimovich kelajagi haqida fikr bildirdi
02 apr 2020 12:20
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich kelajagi haqida fikr bildirdi
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashi mumkinligi bilan bog'liq mish-mishlarga izoh berdi.
38 yoshli shveciyalikning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Ko'ramiz, hali nimani istayotganimni ham bilmayman. Italiya - mening ikkinchi uyim, "San-Siro"da o'ynash ajoyib. Aynan italyanlarning futbolga bo'lgan ishtiyoqi menga etmayotgandi.
Men yanada rivojlanishni xohlayman, ammo nafaqat o'zim haqimda, balki atrofimdagi narsalar, jumladan oilam va baxtim haqida o'ylayman. Futbol - karera, ammo hayotda boshqa ko'p narsalar ham bor.
Men yangi narsalarni o'rganishni, inson sifatida rivojlanishni va buni atrofdagilarimga etkazishni xohlayman", - deydi Zlatan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar