Zlatan Ibragimovich: "Faxr bilan Franciyada SHveciya sharafini himoya qilaman"
10 iyu 2016 01:15
Yangiliklar
Zlatan Ibragimovich: "Faxr bilan Franciyada SHveciya sharafini himoya qilaman"
SHveciya terma jamoasi sardori Zlatan Ibragimovich Evropa chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Evropa chempionatidek yirik turnirda terma jamoa sardori bo'lish bu katta masuliyat. Franciyada uzoq vaqt yuqori darajada faoliyat yuritdim va endi bu erda o'z terma jamoam sharafini faxr bilan himoya qilaman. SHveciya terma jamoasiga Evropa chempionatida imkon qadar uzoqroq borishiga qo'limdan kelgan yordamni ayamayman. SHveciya tarkibida o'ynash bu katta faxr va bu vaqtda men o'z yaqinlarimni o'ylayman. Har doim o'z ishimni yuqori darajada amalga oshirishga intilaman. Umid qilamanki, yosh o'sib kelayotgan avlod mendan ham yuqoriroq natijalarga erishadi. Maydonda men borimni berib harakat qilaman, butun energiyamni sarflab, jamoadoshlarimga nima istayotganimni etkazib berishga urinaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar