Zlatan A Seriya, APL va LaLigani solishtirdi
13 noy 2025 20:51
Yangiliklar
Zlatan A Seriya, APL va LaLigani solishtirdi
"Barselona", "Manchester Yunayted" va "Milan" kabi jamoalarning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Ispaniya, Angliya va Italiya chempionatlarini solishtirdi.
"LaLigada jamoalar hujumni darvozadan boshlashga harakat qiladi. Hatto jamoalarning darajasi past bo'lsa ham futbol o'ynashga intiladi.
Italiya futbolida taktika asosiy o'rinda, ularda barchasini ham o'rganib bo'lmaydi. U erda hujumdan ko'ra himoya muhimroq. Jamoalar himoyaviy o'ynagani uchun hujumchiga doim qiyin bo'lib kelgan. Agarda u erda muvaffaqiyatga erishayotgan bo'lsang, bu aqlbovar qilmas hissiyotlar beradi.
APLdagi tezlik juda dahshatli - hujumda ham himoyada ham. Agarda sening texnikang yuqori bo'lsa-yu, bunday tempga dosh bera olmasang, qanchalik iqtidorli bo'lsang ham qiynalasan", - dedi Ibragimovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar