Zinedin Zidan: "Ronaldu va Benzemani ko'magi bizga zarur"
26 apr 2016 00:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206071_original.jpg)
![](/upload/storage/206071_220.jpg)
Zinedin Zidan: "Ronaldu va Benzemani ko'magi bizga zarur"
"Ronaldu va Benzema o'yinda ishtirok etishini juda xohlaymiz. O'ylashimcha, ular maydonga tusha olishadi. Lekin hozircha yakuniy qaror aniq emas. Ular uchrashuvga qadar safda bo'lishadi deb o'ylayman. Bizning vazifamiz maydonga tushib, gol urish va g'alaba qozonish. Bu to'qnashuvda har ikkala jamoalarning imkoniyatlari teng. "Siti" bizga muammolar tug'dirishini bilamiz va biz bunga tayyormiz. Ularga maydonda bo'sh hudud qoldirmasligimiz lozim. De Bryuynega qarshi personal yondoshuv? Biz uni zararsizlantirishga harakat qilamiz. Kevin yuqori darajadagi futbolchi sanaladi va u hozirda o'zining yaxshi sport formasida. De Bryuyne Aguero bilan tandemda juda yaxshi harakatlanadi. Ertaga nimalar ruy berishini esa uchrashuvda ko'ramiz. Qo'limizdan kelganicha "Siti"ga qarshi yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz", - dedi Zinedin Zidan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar