Zidan kelishuvga erishdi

Khoja
23 mar 2026, 09:20
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zinedin Zidan Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) bilan terma jamoani bosh murabbiy sifatida boshqarish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi

Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.

FFF rahbari Filipp Diallo yangi bosh murabbiy nomini allaqachon bilishini aytdi, lekin ismni oshkor qilmadi, faqat bu lavozimga besh nafar nomzod bo'lganini va ularning hammasi francuz ekanligini ta'kidladi.

"Real"  murabbiyi sifatida Zinedin Zidan Ispaniya chempionatida ikki marta g'olib chiqqan, mamlakat Superkubogini ikki marta yutib olgan, shuningdek, ECHLda uch marta zafar quchgan.

2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va yana bir jamoa (keyinroq aniqlanadi) bilan bir guruhda o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Le Parisien