Zinedin Zidan: "Bizni boy, "Atletiko"ni ishchan jamoa deb atashadi, ammo "Real"da ham kam mehnat qilinmaydi"

27 sen 2019, 19:20
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko" bilan o'yindan oldin jurnalistlar fikriga javob berdi.

– "Atletiko" halq jamoasi sifatida ko'riladi, "Real"ni esa bunday emas.

– Bunday narsalarga aralashmayman. Bu yerda odamlar juda ko'p ishlalashadi ("Atletiko"da bo'lgani kabi) deb aytishi mumkin. Bizni boy, "Atletiko"ni ishchan jamoa deb atashadi, ammo "Real"da ham kam mehnat qilinmaydi. Hech narsani o'zgartirmoqchi emasman. Men bir narsani bilaman. "Real Madrid" muxlislari o'yinchilarida faxrlanishadi va biz barchasini ular uchun qilmoqchimiz.


– Derbi alohida ahamiyatga ega o'yinmi?

– G'alaba qozonishni istaymiz. Juda kuchli raqibga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. 


– Kurtua asosiy tarkibga qaytadimi?

– Hammamiz bitta qayiqdamiz. Barchani hisobga olaman. O'yinchilarim tayyorligini aytmoqchiman. Qaydnomadagi 25 futbolchidan hammani maydonga tushirishdan hursand bo'lardim.


– "Atletiko" bilan o'yin – Simeone bilan to'qnashuvmi?

– Har bir futbolchining o'z o'rni bor. U hamma singari raqibni o'ta chuqur o'rganadi. Lekin, ertaga "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi o'yin guvohiga aylanamiz.


– Jadvaldagi yetakchilik sizga ta’sir ko'rsatmaydimi?

– Har doim xotirjamlikni saqlagan holda, nima qilishimiz lozimligi haqida fikrlash kerak. Ko'p tahdidlar uyushtiradigan qiyin raqibga qarshi o'ynaymiz. Biroq, meni faqat o'zimning jamoam qiziqtiradi. Yaxshi o'yin o'tkazish uchun motivaciyaga ega bo'ldik", – deydi Zidan. 

O'xshash yangiliklar

Manba: marca.com