Zinchenkoning keyingi klubi malum
19 jan 17:19
Yangiliklar
Zinchenkoning keyingi klubi malum
"Ayaks" "Arsenal"dan Aleksandr Zinchenkoni ijara asosida olish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Zinchenko bo'yicha bitim to'liq kelishilgan va ukrainalik himoyachi iyun oyigacha ijara asosida Amsterdam klubida faoliyatini davom ettiradi.
Bu Zinchenko avval o'ynagan "Nottingem Forest"ni tark etishini anglatadi. Kutilmoqdaki, u yaqin 24 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Amsterdamga yo'l oladi. Shundan so'ng transfer rasman rasmiylashtiriladi.
Xabar qilinishicha, amsterdamliklar futbolchining maoshini to'liq o'z zimmasiga oladi.
Qayd etish joizki, Zinchenko joriy mavsum barcha musobaqalarda "Nottingem" safida bor-yo'g'i 10 o'yin o'tkazgan bo'lib, hali gol urmagan va golli uzatma ham bermagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar