Rasman: Kudryashov jamoadan ketdi. "Surxon"ni vaqtincha Anvar G'ofurov boshqaradi
18 mar 17:20
Yangiliklar
Rasman: Kudryashov jamoadan ketdi. "Surxon"ni vaqtincha Anvar G'ofurov boshqaradi
Xabaringiz bor, yaqinda Superligada mavsumning ilk istefosi kuzatilgan edi.
Joriy yilda jamoa bosh murabbiyiga aylangan Stanislav Kudryashov termizliklar bilan xayrlashgan edi. Ushbu xabarni klub matbuot xizmati rasman tasdiqladi va bu haqida batafsil malumot berdi.
"Klub tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Stanislav Kudryashov mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa boshqaruvidan ozod etildi va rasman klubni tark etdi. Uning o'rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini avval U-21 jamoasi bilan ishlib kelgan Anvar G'ofurov bajarib turadi",- deyiladi xabarda.
"Surxon" mavsumni ikki mag'lubiyat ("Lokomotiv", "Neftchi") hamda bir durang ("Bunyodkor") bilan boshladi. Jamoa 4-turda 20 mart kuni "Nasaf" mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar