Ziesh A Seriyaga yo'l olishi mumkin
12 fev 2021 10:15
Yangiliklar


Ziesh A Seriyaga yo'l olishi mumkin
"CHelsi" o'yinchisi Xakim Zieshga "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.
"CHelsi"ga Tomas Tuxel kelganidan so'ng marokashlik o'yinchi tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va murabbiy unga mavsumning katta qismida ishonch bildirmasligini malum qildi.
Futbolchi joriy mavsum "ko'klar" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.
"Milan" va "Yuventus" klublari yozgi transferlar oynasida Xakimni o'z saflariga qo'shib olishga harakat qilishadi. Eslatib o'tamiz, "CHelsi" Xakim Zieshni 2020 yilning yozida "Ayaks"dan 40 million evro evaziga xarid qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar