Zidan zamonaviy futbolni o'z davri bilan solishtirdi
14 iyu 2023 17:07
Yangiliklar
Zidan zamonaviy futbolni o'z davri bilan solishtirdi
Zinedin Zidan zamonaviy futbolda jismoniy holat o'ta muhimligini takidladi.
"Menga ko'plab futbolchilarning o'yini yoqadi, lekin hozirda meni ko'proq o'yinchilarning jismoniy holati bo'yicha qo'yilayotgan talab darajasi hayratga solmoqda.
Har uch kunda uchrashuv o'tkazish — bu mening davrimdagidan farq qiladi. U paytlar agar siz jismoniy jihatdan muammoga duch kelsangiz, texnika hisobiga chiqib ketishingiz mumkin edi. Biroq hozirgi vaziyat tubdan farq qiladi.
Siz jismonan juda yaxshi holatda bo'lishingiz kerak, siz eng yaxshi atlet bo'lishingiz talab qilinadi. Sizga ham jismoniy kuch, ham texnika kerak bo'ladi".
Fikrlar