Zidan: "Xames "Real"da qolsa, men o'zimni baxtiyor hisoblayman"
25 avg 2019 09:19
Yangiliklar


Zidan: "Xames "Real"da qolsa, men o'zimni baxtiyor hisoblayman"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati 2-turida "Valyadolid"ga (1:1) qarshi bahsda kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesni nima sababdan asosiy tarkibda maydonga tushirganini aytdi.
"Xames ajoyib formada. U jamoamizda qolsa, men o'zimni baxtiyor hisoblayman", deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia nashri.
Xames 2014 yilda "Monako"dan "Real"ga ko'chib o'tgandi. So'nggi ikki mavsumni u "Bavariya" tarkibida ijarada o'tkazdi. Germaniyaning amaldagi chempioni futbolchini belgilangan summa evaziga sotib olishi ham mumkin edi. Ammo myunxenliklar bu imkoniyatdan foydalanishmadi.
Joriy yil yozida "Napoli" va "Atletiko" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirishdi, ammo "Real" uni sotishni istamadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar