Zidan: "Sovrinlarsiz yilni parokandalik deya olmayman"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 19:58
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubning 2020 yilgi rejalari haqida gapirdi.

"Futbolchilar g'alabalarni istamoqda. Ular ishtiyoqqa to'la. Futbolchilar buning uchun ko'plab gollar ura olishiga ishonaman, chunki bu muammo emas. Hattoki 2020 yilda birorta sovringa ega chiqmasak ham, buni parokandalik deya olmayman. YCHL ham chempionatimiz kabi juda ham qiyin bo'lib ketmoqda. Garchi yilni doimo yaxshi boshlay olmasak ham, bu yil ushbu qora ananani buzish niyatidamiz", - dedi Zidan.

"Real" ayni damda LaLiga turnir jadvalida "Barselona"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Real Madrid Info